BUXORO XONLIGINING ABDULLAXON II HUKMRONLIGI DAVRIDA
Abstract
Kirish: XVI asr Markaziy Osiyo tarixida Abdullaxon II nomi alohida o‘rin tutadi. U Buxoro xonligini markazlashgan va qudratli davlatga erishgan hukmdorlardan biri sifatida tanilgan. Uning hukmronligi mamlakatda siyosiy barqarorlik mustahkamlanib, ichki nizolar tufayli iqtisodiy va madaniy hayot darajasida yuksaldi. Abdullaxon II o‘zining harbiy yurishlari va siyosati orqali Buxoro xonligi xavfsizligini sotib, davlatning nufuzini oshirdi. Shu bilan birga, savdo-sotiq yo‘llari tiklandi, shaharlar obodonlashtirildi va ilm-fan hamda madaniyat taraqqiyotiga katta e’tibor qaratildi. Ushbuda Abdullaxon II hukmronligi asosida Buxoro xonligining birlashuvi va yuksalishi tahlili.
Toshkent hukmdori Baroqxon va Samarqand hukmdori Abdulatifxon boshqa bir necha sultonlar, xususan, Sulton Sa'id, Muhammadiyor sulton va Burhon sulton bilan ittifoqlashib, Nasaf, Karmana va Miyonkolni qo'lga kiritish uchun kurash boshladilar. Mana shunday og'ir kunlarda yosh Abdullaxon ibn Iskandarxon (u o'sha vaqtda 18 yoshda edi) Miyonkol qal'asini mustahkamlab, ittifoqchilarga qarshi kurashdi. Lekin 12 kun davom etgan qamal sulh bilan tugadi. Bu Abdullaxonning harbiy-siyosiy maydonga dastlabki qadami edi.[1]
Abdullaxon (to'liq ismi Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) 1534-yil Miyonkol yaqinidagi Ofarinkent qishlog'ida tug'ilgan, 1598-yil Samarqandda vafot etgan va Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etiladi. U O'zbek davlatchiligi tarixida o'chmas iz qoldirgan hukmdor hisoblanib, Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yetuk hukmdori, davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma'rifat, madaniyat homiysi. Abdullaxonning otasi Iskandar sulton o'n besh yoshga to'lganida Jonibek sulton unga Samarqand So'g'dining eng so'lim diyori bo'lmish Ofarinkent viloyati boshqaruvini topshirgan. Jonibek sulton 1529-yil Karmana shahrida o'z ajali bilan vafot etgach, Iskandar sulton Miyonkoldan chiqib Karmanaga keladi va bu yerdagi hokimiyatni ham o'z qo'liga olib, Miyonkol va Karmanani boshqara boshlaydi. Abdullaxon ibn Iskandarxon tug'ilganida otasi Iskandarxon hali Ofarinkent hokimi edi. Yosh Abdullaxon tarbiyasi uchun dastlab Sayidbiy Jaloyirni otaliq qilib, oddiy xalq tabaqasidan bo'lmish Amir Yormuhammadni "atka"si (otaliq) qilib tayinlaydi. Keyinchalik, u ham otasi bilan birga Karmanaga keladi va asta-sekin siyosat maydoniga kirib kela boshlaydi. Tarixiy manbalarda uning "Xon" taxallusi bilan she'r yozgani haqida ma'lumotlar mavjud.[2]
[1] A. Zamonov. Buxoro xonligi tarixi: metodik qo‘llanma. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – b. 66
[2] A. Zamonov. Buxoro xonligi tarixi: metodik qo‘llanma. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 66. 67. b.
References
1. A. Zamonov. Buxoro xonligi tarixi: metodik qo‘llanma. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – b. 266
2. Halim To‘raev. Buxoro tarixi: o‘quv qo‘llanma. – Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2020 — b. 320
3. Buxoro – Sharq durdonasi. / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: “Sharq”, 1997. –b. 318
4. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки).-Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР. 1958.- Б. 145
5. О.Сухарева. Квартальная община позднефеодального города Бухары (в связи с историей кварталов). – Москва: Наука, ГРВЛ. 1976.- Б. 363
6. Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б. 340