NEYRON TARMOQLARDA BILIM GRAFLARI VA BAYES TARMOQLARINI INTEGRATSIYALASHNING SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: neyron tarmoqlar, bilim graflari, Bayes tarmoqlari, tashqi bilimlar integratsiyasi, semantik bog‘lanish, ehtimollik modeli, sun’iy intellekt, gibrid model.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada neyron tarmoqlarga bilim graflari va Bayes tarmoqlarini integratsiyalashning algoritmik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarida neyron tarmoqlar statistik ma’lumotlardan o‘rganish orqali yuqori natijalar ko‘rsatsa-da, ular semantik tushuncha va mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatida cheklovlarga ega. Bilim graflari va Bayes tarmoqlarini neyron tarmoqlarga qo‘shish orqali modelning aniqligi, barqarorligi va qarorlarni asoslash imkoniyati sezilarli darajada oshirilishi mumkin. Maqolada ushbu integratsiyaning matematikaviy asoslari, turli algoritmik yondashuvlar hamda ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi amaliy qo‘llanilish natijalari muhokama qilinadi. Eksperimental natijalar ko‘rsatishicha, bilim graflari integratsiyasi qilingan modellar an’anaviy neyron tarmoqlarga nisbatan aniqlik bo‘yicha 14% gacha, shovqinga chidamlilik bo‘yicha esa 2 baravar yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etadi.
References
1. Hogan, A. et al. Knowledge Graphs: “ACM Computing Surveys”, 2021, P.71.
2. Pearl, J. Causality: Models, Reasoning and Inference: “Cambridge University Press”, 2009, P.484.
3. Goodfellow, I., Bengio, Y., Courville, A. Deep Learning: “MIT Press”, 2016, P.800.
4. Kipf, T., Welling, M. Semi-Supervised Classification with Graph Convolutional Networks: “ICLR Conference Proceedings”, 2017, P.14.
5. Vaswani, A. et al. Attention Is All You Need: “NeurIPS Conference Proceedings”, 2017, P.11.
6. Besold, T. R. et al. Neural-Symbolic Learning and Reasoning: A Survey and Interpretation: “arXiv Preprint”, 2017, P.32.
7. Von Rueden, L. et al. Informed Machine Learning: A Taxonomy and Survey: “IEEE Transactions on Knowledge and Data Engineering”, 2021, P.14.
8. Russell, S., Norvig, P. Artificial Intelligence: A Modern Approach: “Pearson”, 2020, P.1132.
9. Vapnik, V. Statistical Learning Theory: “Wiley”, 1998, P.736.