BOSHLANG’ICH TA’LIMDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kreativ fikrlash, kreativlik, ijodiy qobiliyat, pedagogik imkoniyat, innovatsion metod, muammoli ta’lim, loyiha metodi, mustaqil fikrlash, kreativ ta’lim muhiti.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Kreativ fikrlashning mazmun-mohiyati, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsiy va intellektual rivojlanishidagi ahamiyati hamda ta’lim jarayonida kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar yoritilgan. Shuningdek, muammoli ta’lim, loyiha metodi, “aqliy hujum”, klaster, savol-javob, rolli o‘yinlar, tadqiqotchilik topshiriqlari, ochiq turdagi savollar va fanlararo integratsiya kabi metodlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘quvchilarga tayyor bilimni berish bilan bir qatorda ularni mustaqil ravishda savol qo‘yish, turli g‘oyalarni ilgari surish, muammoning bir nechta yechimini izlash, o‘z fikrini asoslash va mavjud yechimni takomillashtirishga o‘rgatish kreativ fikrlashni rivojlantirishning muhim omili sifatida asoslangan. Maqolada kreativ ta’lim muhitini yaratish, o‘qituvchining fasilitatorlik rolini kuchaytirish va baholash jarayonida faqat yakuniy natijaga emas, balki o‘quvchining fikrlash jarayoniga ham e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlangan.
References
1.PISA 2022 Assessment and Analytical Framework: Creative Thinking.
2.Dauletmuratova Bayramgul Maxsetbay qizi2-bosqich tayanch doktoranti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
3.Csikszentmihalyi, M. (1996). Creativity: Flow and the Psychology of Discovery and Invention. HarperCollins.