TA’LIM TIZIMIDA “BLENDED LEARNING” – ARALASH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TA’LIM OLUVCHILARNING NUTQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati, “Blended learning” (aralash ta’lim) tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, an’anaviy va elektron ta’lim shakllarining uyg‘unlashuvi orqali ta’lim oluvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Aralash ta’lim sharoitida nutqiy faoliyatni shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullariga alohida e’tibor qaratilgan.
XXI asr barcha sohadan rivojlanish, raqobatga moslashib, o‘rni kelsa raqobat muhiti va bu muhitda g‘olib bo‘lmoqlik talablarini qo‘ymoqda. Talablarga javob berolmaslik uchun hattoki izohlarni ham qabul qilmaydi. Bejiz bu asrni raqamlardan tashqari “Axborot asri” deyishmayapti. Bu asrda tug‘ilgan, yashayotgan, faoliyat yuritayotgan insonlar deyarli barcha sohada axborot texnologiyalari bilan to‘qnash kelishga majburdir. 2020- yildagi pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Avvaliga ta’lim jarayonining bir qismida axborot texnologiyalaridan foydalangan bo‘lsak, endilikda davr talabi bilan axborot texnologiyalar orqali ta’lim oluvchilarga masofa, vaqt tanlamasdan ma’lumotlarimizni yetkazmoqdamiz. Mubolag‘ali ta’rif bo‘lsa-da ta’kidlash kerakki, inson hayoti uchun yemoq va ichmoq qay darajada ahamiyatli bo‘lsa, axborot texnologiyalari va ulardan foydalana bilmoq shu darajada qiymatli bo‘lmoqda. O‘z ustida ishlaydigan, davr bilan hamnafas har bir ustoz axborot texnologiyalaridan unumli foydalanadi, chunki AT ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
References
1. Avliyakulov N.X., Musayeva N.N. Modulli o‘qitish texnologiyalari. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2007. – 97 b.
2. Sayfurov D. Malaka oshirish tizimida masofaviy taʼlimni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari // Kasb-hunar taʼlimi j. – T.: 2002. - №5- 6. – 28-29-b.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Taʼlimda innovatsion texnologiyalar / Amaliy tavsiyalar. – T.: “Isteʼdod” jamg‘armasi, 2008. – 180 b.
4. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2011. – 275 b.
5. Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Metod.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. – 115 b.
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aralash_ta_lim
7. https://namakt.uz/metodika/blended-learning-aralash-oqitish/
8. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim “teledars”, “onlayn dars”, “videodars”, tajriba, tahlil, mulohaza, taklif