JЕYN OSTINNING «G‘URUR VA ANDISHA» ROMANIDA AYOL OBRAZI VA IJTIMOIY MUNOSABATLARNING BADIIY TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Jeyn Ostin, «G‘urur va andisha», Elizabeth Bennet, ayol obrazi, ijtimoiy munosabatlar, nikoh, muhabbat, shaxsiy tanlov, ijtimoiy mavqe, inson xarakteri, g‘urur, andisha, ma’naviy o‘sish, ingliz adabiyoti.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi Jeyn Ostinning «G‘urur va andisha» romanida ayol obrazi, ijtimoiy munosabatlar, muhabbat, nikoh va shaxsiy tanlov masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarning markaziy qahramoni Elizabeth Bennet obrazi orqali ayolning mustaqil fikrlashi, o‘z qadr-qimmatini anglashi va hayotiy qarorlarni ongli ravishda qabul qilishi yoritiladi. Shuningdek, roman qahramonlari misolida jamiyatdagi tabaqalanish, moddiy manfaat, ijtimoiy mavqe, noto‘g‘ri xulosa chiqarish va insonni tashqi ko‘rinishiga qarab baholash kabi muammolar ochib beriladi. Maqolada Jeyn Ostinning kinoya, hajv, dialog va xarakter tasviridan foydalanish mahorati hamda Elizabeth va Darcy obrazlarining ma’naviy o‘sishi tahlil qilinadi. Asarda tasvirlangan ijtimoiy va axloqiy masalalarning bugungi jamiyat uchun ham dolzarb ekani asoslab beriladi.
References
1. Ostin, J. Andisha va g‘urur / Rus tilidan Muhabbat Ismoilova tarjimasi. Mas’ul muharrir Nusratullo Jumaxo‘ja. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 404 b.
2. Austen, J. Pride and Prejudice. London: T. Egerton, 1813.
3. Mullan, J. “Austen: Courtship, Love, and Marriage.” The British Library.