SIMFONIK MUSIQANING O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI ORKESTRIGA MOSLASHTIRILISHI: TARIXIY SHARH
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri, simfonik musiqa, moslashtirish, cholg‘ulashtirish, aranjirovka, transkripsiya, ko‘p ovozli ijrochilik, milliy cholg‘ular, tembr, orkestr fakturasi, repertuarAbstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada simfonik musiqa asarlarini o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri uchun moslashtirish jarayonining shakllanishi va tarixiy rivojlanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekistonda ko‘p ovozli xalq cholg‘ulari ijrochiligining yuzaga kelishi, milliy cholg‘ularning akademik ijrochilik talablariga mos ravishda takomillashtirilishi, orkestr tarkibining shakllanishi hamda repertuarni kengaytirish jarayonlari o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, rus va G‘arbiy Yevropa musiqa merosini o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestriga moslashtirish tajribasining dastlabki bosqichlari, milliy kompozitorlik maktabining ushbu jarayondagi o‘rni, cholg‘ular oilalarining yaratilishi va zamonaviy orkestr partiturasining shakllanishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqolada moslashtirish jarayoni oddiy “qayta cholg‘ulashtirish” emas, balki asarning badiiy mazmuni, fakturasi, tembr-dinamik xususiyatlari va milliy ijrochilik imkoniyatlarini uyg‘unlashtiruvchi ijodiy jarayon sifatida talqin etiladi.
References
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Xalq cholg‘ulari orkestri.
2. Karabayev A. Orkestr sinfi. Toshkent: Musiqa, 2023
3. Toshmatov E. Dirijorlik. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
4. Odilov A. O‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik tarixi. Toshkent, 1995.
5. Nazarov A.K., Odilov A. O‘zbek xalq cholg‘ulari uchun asarlar to‘plami. Toshkent, 1997.
6. Science and world. ISSN 2308-4804. 2017. № 11 (51). Vol. II. Akmaljanova M.V. Georgiy Sviridov’s works in orchestral class of uzbek folk instruments of state conservatory of uzbekistan
7. Kopiryulin Mixail Sergeyevich Perelojeniya simfonicheskoy muziki dlya orchestra russkix narodnix instrumentov: istoricheskiy, obrazovatelniy I prakticheskiy aspekti. Dissertatsiya avtoreferati, Rostov-na-Donu, 2022