BOLALAR ORASIDA QIZAMIQ KASALLIGINING EPIDEMIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: qizamiq, bolalar, epidemiologiya, yuqumlilik, epidemik jarayon, infeksiya manbai, yuqish mexanizmi, mavsumiylik, emlash, vaksina, immunitet, profilaktika, epidemiologik nazorat.Abstract
Annotatsiya: Qizamiq bolalar orasida keng tarqaluvchi, yuqori kontagiozlikka ega bo‘lgan virusli infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, uning epidemiologik ahamiyati yuqori yuqumliligi, havo-tomchi yo‘li orqali tez tarqalishi va emlanmagan aholi guruhlari orasida epidemik o‘choqlarni yuzaga keltirish xususiyati bilan belgilanadi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi Measles morbillivirus bo‘lib, infeksiya manbai asosan kasallangan odam hisoblanadi. Qizamiq bilan kasallanishning oldini olishda aholini, ayniqsa bolalarni ikki dozali vaksina bilan qamrab olish muhim epidemiologik chora hisoblanadi. Maqolada bolalar orasida qizamiqning epidemiologik xususiyatlari, infeksiya manbai, yuqish mexanizmi va yo‘llari, mavsumiylik, yosh bo‘yicha taqsimlanish, epidemik jarayonning rivojlanish omillari, emlashning kasallanishga ta’siri hamda profilaktikaning zamonaviy tamoyillari yoritilgan.