ISLOM TARIXSHUNOSLIGIDA MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING TUG‘ILGAN YILI VA UMR DAVOMIYLIGI

Authors

  • Abbos RAXMATOV Author

Abstract

Annotatsiya. Islom tarixshunosligida Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning tug‘ilgan yili va umr davomiyligi masalasi qadimdan muhokama qilinib kelayotgan ilmiy mavzulardan biridir. Klassik manbalarda Payg‘ambar alayhissalomning “Fil yili”da tug‘ilgani keng qabul qilingan bo‘lsa-da, ushbu yilning milodiy taqvimdagi aniq muqobili borasida turli qarashlar mavjud. Xususan, ayrim tadqiqotchilar bu sanani 570-yilga, boshqalari esa 571-yilga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, manbalarda Payg‘ambar alayhissalomning 63 yil umr ko‘rgani qayd etilgan bo‘lib, u zotning vafot sanasi milodiy 632 yil deb e’tirof etiladi. Mazkur ma’lumotlar yuzaki qaralganda o‘zaro nomuvofiqlik taassurotini uyg‘otadi.

Ushbu maqolada mazkur tafovutlarning kelib chiqish sabablari tarixiy-manbashunoslik va taqvim tizimlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Jumladan, hijriy (qamariy) va milodiy (quyoshiy) taqvimlar o‘rtasidagi farqlar, tarixiy sanalarni hisoblash usullari hamda ilk islomiy manbalarda voqealarni qayd etish an’analari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – mavjud tafovutlarda hisoblash tizimlari va metodologik yondashuvlar qanday o‘rin tutishini tekshirishdan iborat.

References

Published

2026-10-08

How to Cite

Abbos RAXMATOV. (2026). ISLOM TARIXSHUNOSLIGIDA MUHAMMAD SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAMNING TUG‘ILGAN YILI VA UMR DAVOMIYLIGI. TADQIQOTLAR, 95(1), 368-370. https://alpharesearchs.com/index.php/tad/article/view/5012