KRAXMALNI ORGANIK INGREDIYENTLAR BILAN MODIFIKATSIYALASH ASOSIDA POLIMER YELIMLOVCHI-BOG'LOVCHI KOMPOZITSIYALAR OLISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
Kalit so'zlar: kraxmal, modifikatsiyalash, organik ingrediyentlar, polimer kompozitsiya, adgeziya, yelimlovchi-bog'lovchi materiallar, bio-paralanish, reologiya.Abstract
Anotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy polisaxaridlardan biri bo'lgan kraxmalni organik ingrediyentlar va funksional birikmalar bilan kovalent hamda vodorod bog'lari orqali modifikatsiyalash asosida yuqori yopishqoqlik va suvga chidamlilik xossasiga ega bo'lgan polimer yelimlovchi-bog'lovchi kompozitsiyalar olish texnologiyasi tadqiq qilingan. Kraxmalning tabiiy holatdagi kamchiliklari — yuqori gidrofilligi, mexanik mustahkamligining pastligi va biologik yemirilishga moyilligini bartaraf etish maqsadida organik modifierlar va tikuvchi (kross-linking) reagentlar qo'llanishi asoslab berilgan. Olingan kompozitsion tizimlarning fiziko-kimyoviy, reologik va adgezion xossalari zamonaviy analiz usullari (IQS-spektroskopiya, TGA va SEM) orqali o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, modifikatsiyalangan kraxmal asosidagi yelimlar sintezida opti-mal texnologik parametrlar tanlanganda, kompozitsiyaning yog'och, qog'oz va boshqa g'ovakli yuza materiallariga adgeziya kuchi sezilarli darajada ortadi. Taklif etilayotgan texnologiya ekologik xavfsiz (bio-paralanuvchi) va mahalliy xomashyolarga asoslangan tejamkor polimer materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.
References
1. Sherali J., Zavkiddin K., Nilufar R. MODIFICATION OF UREA-FORMALDEHYDE RESIN WITH BENZYL CHLORIDE AND EPICHLOROHYDRIN FOR ENHANCED COMPOSITE WOOD PANEL PRODUCTION //Universum: технические науки. – 2025. – Т. 10. – №. 12 (141). – С. 38-43.)
2. Sherali J. et al. Method for Obtaining and Analysing the Physico-Mechanical Properties of Wood-Plastic Boards //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2026. – Т. 692. – С. 04003.Ghanbarzadeh, B., Almasi, H., & Entezami, A. A. (2011). Khasanov, O. A., & Yusupov, M. S. (2022).
3. Sherali J. STUDY OF POLYMER BINDERS IN THE PRODUCTION OF COMPOSITE WOOD-PLASTIC BOARD MATERIALS //Universum: технические науки. – 2024. – Т. 9. – №. 4 (121). – С.