TEXNIK TAYYORGARLIK FANINI O‘QITISHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI VA HOZIRGI HOLATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim texnologiyalari, texnik tayyorgarlik, harbiy ta’lim, TPACK modeli, SAMR modeli, masofaviy o‘qitish, virtual trenajyor, elektron ta’lim resurslari, HEMIS, kasbiy kompetentlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada texnik tayyorgarlik fanini o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari, shuningdek ularning O‘zbekiston harbiy ta’lim tizimidagi hozirgi holati tahlil qilingan. Tadqiqotda konstruktivizm, TPACK (Texnologik-Pedagogik-Mazmuniy Bilim) va SAMR modeli kabi zamonaviy pedagogik-texnologik yondashuvlar nazariy jihatdan yoritilgan hamda ularning texnik yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitishda tutgan o‘rni asoslangan. Muallif harbiy ta’lim faklultetlarida elektron ta’lim resurslari, virtual trenajyorlar, masofaviy o‘qitish platformalari (LMS/HEMIS) va simulyatsion dasturiy vositalardan foydalanish amaliyotini o‘rgangan holda, mavjud yutuq va kamchiliklarni aniqlagan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni tizimli tatbiq etish texnik tayyorgarlik bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish sifatini sezilarli darajada oshirish salohiyatiga ega, biroq buning uchun infratuzilmaviy, uslubiy va kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi bir qator muammolarni bartaraf etish zarur. Maqola yakunida texnik tayyorgarlik fanini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori.
3. Mishra P., Koehler M.J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge // Teachers College Record. – 2006. – Vol. 108, No. 6. – P. 1017–1054.
4. Puentedura R.R. SAMR: A Contextualized Framework for Digital Transformation. – Hippasus, 2013.
5. Siemens G. Connectivism: A Learning Theory for the Digital Age // International Journal of Instructional Technology and Distance Learning. – 2005. – Vol. 2, No. 1. – P. 3–10.
6. Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge: Harvard University Press, 1978.
7. Mirzaahmedov A.M., Xolmatov Sh.T. Oliy ta’limda raqamli ta’lim texnologiyalarini qo‘llash: nazariya va amaliyot. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2023.
8. Harbiy ta’lim faklultetlarida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar. – Toshkent, Nizomiy nomidagi O‘zMPU, 2025.
9. HEMIS.EDU.UZ — Oliy ta’lim boshqaruvi axborot tizimi rasmiy platformasi. [Elektron resurs]. URL: https://hemis.edu.uz