QADIMGI FARG‘ONA VODIYSINING URBANIZATSIYA JARAYONLARI: ARXEOLOGIK VA YOZMA MANBALAR ASOSIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, urbanizatsiya, qadimgi shaharlar, arxeologiya, yozma manbalar, Dovon, shahar madaniyati, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada qadimgi Farg‘ona vodiysida urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi arxeologik hamda yozma manbalar asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Farg‘ona vodiysining tabiiy-geografik sharoiti, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, hunarmandchilik va savdo aloqalarining kengayishi natijasida qadimgi manzilgohlar va shahar markazlarining vujudga kelish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, qadimgi shaharlarning hududiy tuzilishi, mudofaa inshootlari, ishlab chiqarish markazlari va aholi joylashuvi urbanizatsiyaning muhim ko‘rsatkichlari sifatida tahlil qilinadi. Arxeologik yodgorliklardan aniqlangan me’moriy qoldiqlar, sopol buyumlar, metall qurollar, hunarmandchilik namunalari va boshqa moddiy manbalar yozma ma’lumotlar bilan qiyoslanadi. Xitoy tarixiy manbalarida Farg‘ona va Dovon hududidagi shaharlar haqida keltirilgan ma’lumotlarning tarixiy ahamiyatiga ham e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida qadimgi Farg‘ona vodiysida urbanizatsiya jarayoni uzoq davom etgan, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar bilan bog‘liq murakkab tarixiy jarayon bo‘lganligi asoslanadi. Farg‘ona vodiysidagi shahar madaniyatining rivojlanishi mintaqadagi davlatlilik, savdo-iqtisodiy munosabatlar va madaniy almashinuv jarayonlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.
References
1. Anorboyev A. Farg‘onaning qadimgi shaharlari va ularning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o‘rni. — Toshkent: Fan, 2022. — 140 b.
2. Anarbaev A.A., Ismanov A.Dj., Maksudov F.A. Древнеземледельческая культура Южной Ферганы и образование антропогенного ландшафта // O‘zbekiston tarixi: moddiy madaniyat va yozma manbalarda. — Toshkent, 2005. — B. 98–113.
3. Isomiddinov M., Aloxunov A. Farg‘ona vodiysi bronza va temir davrida. — Farg‘ona: Classic, 2021. — 184 b.
4. Заднепровский Ю.А. Чустская культура в Ферганской долине // Средняя Азия в эпоху камня и бронзы. — Москва–Ленинград, 1966. — С. 199–200.
5. Boqijon X., Alisher A. Farg‘ona vodiysida ilk urbanizatsiya jarayonlari (arxeologik materiallar asosida) // FarDU Ilmiy Xabarlari. — 2022.
6. Алохунов А., Якубжонов С. О некоторых вопросах возникновения и развития городов Ферганской долины // Актуальные проблемы истории Узбекистана. — 2022. — № 1. — С. 23–33.
7. Sima Qian. The Records of the Grand Historian: Han Dynasty II. Translated by Burton Watson. — New York: Columbia University Press, 1993.