MAKTABDA HUQUQ FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY KO‘RINISHLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: huquq ta’limi, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquq fanini o‘qitish, interaktiv metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, case-study, huquqiy vaziyat, raqamli ta’lim, gamifikatsiya, loyiha metodi, media ta’lim, huquqiy savodxonlik.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquq fanini o‘qitishning zamonaviy ko‘rinishlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, o‘quvchilarda huquqiy ong, huquqiy madaniyat va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. An’anaviy reproduktiv ta’lim modelidan o‘quvchining faol ishtirokiga asoslangan interaktiv, kompetensiyaviy va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim modeliga o‘tish zarurati asoslab beriladi. Maqolada huquqiy vaziyatlarni modellashtirish, case-study, rolli o‘yinlar, debat, munozara, loyiha metodi, huquqiy kvest, gamifikatsiya, raqamli platformalar, multimedia, komiks va infografikalardan foydalanishning metodik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda maktab huquqiy ta’limini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinib, zamonaviy huquq ta’limining mazmuni, shakllari va kutilayotgan natijalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PF-232-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-son “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari.