QASHQADARYO VILOYATIDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Qashqadaryo viloyati, suv resurslari, suv tejovchi texnologiyalar, sug‘orish tizimlari, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, lazerli yer tekislash, irrigatsiya tarmoqlari, suv tanqisligi, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv iqtisodi, energiya samaradorligi, qishloq xo‘jaligi, suv yo‘qotishlari, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida suv resurslaridan foydalanishning hozirgi holati va qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligi tahlil qilingan. Viloyatning sug‘oriladigan yer maydonlari, asosiy suv manbalari, suv olish va yetkazib berish hajmlari hamda irrigatsiya tarmoqlarining texnik holati o‘rganilgan. 2025-yilda viloyatda 4,33 mlrd m³ suv yetkazib berilgani, suv tanqisligini yumshatish chora-tadbirlari natijasida 800 mln m³ suv iqtisod qilingani aniqlandi. Shuningdek, 171,2 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgani, jumladan, tomchilatib, yomg‘irlatib, egiluvchan quvurlar, plyonkali sug‘orish va lazerli yer tekislash texnologiyalaridan foydalanilgani tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Qashqadaryo viloyatida suv resurslaridan samarali foydalanish uchun irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish va suv xo‘jaligida energiya samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Mirzayev S.R., Hamidov M.H. Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2008.
2. Begmatov F.B. Irrigatsiya va melioratsiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarori.
4. Qashqadaryo viloyati Suv xo‘jaligi boshqarmasi. Qashqadaryo viloyati suv xo‘jaligi bo‘yicha ma’lumotlar. 2025–2026.
5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi materiallari.
6. FAO. Water for Sustainable Food and Agriculture.
7. UNESCO. United Nations World Water Development Report.
8. Raxmatov Q., Salohiddinov A. Melioratsiya va yerlarni qayta tiklash. – Toshkent: