ISLOMIY BANK MUASSASALARIDA MUROBAHA MOLIYALASHTIRISHNING BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRILISHI
Keywords:
Kalit soʻzlar: murobaha, nasiyaga savdo, islomiy bank faoliyati, islomiy moliya standartlari, ustama, kechiktirilgan daromad, tovar zaxirasi, buxgalteriya hisobi.Abstract
Annotatsiya. Maqolada tovarni nasiyaga sotish orqali moliyalashtirish (murobaha) operatsiyasining huquqiy tuzilishi va uni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga 2026-yilda kiritilgan oʻzgartishlar hamda Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) standartlari talablari qiyoslanib, tovar zaxirasini tan olish, ustama daromadni muddat davomida taqsimlash va hisobotda oshkor qilish uslubiyoti asoslab berilgan.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-son Qonuni “Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son Qonuni tahririda), 5-1, 7, 20-1, 35-1, 62 va 74-moddalar.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 312 va 386-moddalar hamda oldi-sotdiga oid meʼyorlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 71-2-bob (480-3 - 480-6-moddalar).
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni (2016-yil 13-apreldagi OʻRQ-404-son Qonuni tahririda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
7. Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI) standartlari toʻplami. - Manama, Bahrayn.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy maʼlumotlari, 2026-yil.