O‘ZBEKISTONDA DAVLAT MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI XORIJDAGI TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Davlat moliyasini samarali boshqarish mamlakatning makroiqtisodiy
barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
islohotlarning natijadorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Davlat budjeti
mablag‘lari cheklangan iqtisodiy resurs hisoblanganligi sababli ularni shakllantirish,
taqsimlash va sarflash jarayonida qonuniylik, maqsadlilik, tejamkorlik hamda
samaradorlikni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan davlat
moliyaviy nazorati faqat moliyaviy qonunbuzilishlarni aniqlaydigan vosita sifatida
emas, balki budjet mablag‘larining samarasiz sarflanishining oldini olish, davlat
dasturlarining natijadorligini baholash, fiskal risklarni aniqlash va davlat boshqaruvi
sifatini oshirishga xizmat qiladigan kompleks mexanizm sifatida qaralishi zarur.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat auditi va moliyaviy nazorati tizimini
an’anaviy moliyaviy taftish modelidan zamonaviy audit va strategik tahlil modeliga
o‘tkazish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Jahon bankining 2024-yilgi
PEFA baholashi ham 2020–2024-yillardagi davlat moliyasini boshqarish islohotlari
natijasida sezilarli rivojlanishga erishilganini, huquqiy baza modernizatsiya qilinganini
hamda budjet jarayonida hisobdorlik va shaffoflik tamoyillari kuchayganini qayd etadi.
Shu bilan birga, xalqaro tajriba davlat moliyaviy nazoratining samaradorligi faqat
aniqlangan moliyaviy buzilishlar miqdori bilan emas, balki oldi olingan yo‘qotishlar,
budjet xarajatlarini optimallashtirish, davlat dasturlarining natijadorligini oshirish va
aniqlangan tizimli kamchiliklarning qayta takrorlanishini kamaytirish bilan
baholanishi lozimligini ko‘rsatadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Allen R., Hemming R., Potter B.H. The International Handbook of Public
Financial Management. – London: Palgrave Macmillan, 2023.
2. Malikov T.S., Haydarov N.H. Davlat budjeti. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2017. – 84 b.
3. Schick A. A Contemporary Approach to Public Expenditure Management.
– Washington, D.C.: World Bank Institute, 2018.
4. Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi. Darslik. –
Toshkent: InfoCOM.UZ, 2020. – 500 b.
5. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. – Toshkent: Noshir, 2012.
– 712 b.