TIJORAT BANKLARIDA MASOFAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Murodov Muzaffarbek To’lqinjonovich Author

Abstract

Bugungi  kunda  jahon  bank  tizimida  raqamli  transformatsiya  tijorat  banklari 
raqobatbardoshligini  belgilovchi  asosiy  omillardan  biriga  aylandi.  An’anaviy  bank 
xizmatlaridan mobil ilovalar, internet-banking, masofadan hisobvaraq ochish, onlayn 
kreditlash,  elektron  to‘lovlar  va  raqamli  identifikatsiyaga  asoslangan  xizmatlarga 
o‘tish  bank  va  mijoz  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tubdan  o‘zgartirmoqda.  Mazkur 
jarayon O‘zbekiston bank tizimida ham jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, aholining bank 
xizmatlariga  bo‘lgan  talabi  ortishi,  mobil  texnologiyalarning  ommalashuvi,  to‘lov 
infratuzilmasining  rivojlanishi  hamda  tijorat banklari  o‘rtasidagi  raqobat  masofaviy 
bank xizmatlari ko‘lamining kengayishiga xizmat qilmoqda. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  2024-yil  yakunlari  bo‘yicha 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  masofaviy  bank  xizmatlaridan  foydalanuvchi  bank  mijozlari 
soni qariyb 1,2 baravarga oshib, 2025-yil 1-yanvar holatiga 52,9 mln nafarga yetgan. 
Shundan 51,4 mln nafari jismoniy shaxslar, 1,5 mln nafari esa tadbirkorlik subyektlari 
hissasiga  to‘g‘ri  kelgan.  Jismoniy  shaxslarning  bank  mobil  ilovalari  orqali  amalga 
oshirgan onlayn operatsiyalari hajmi bir yil davomida 1,6 baravarga oshib, 396,7 trln 
so‘mga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘ziyoq masofaviy bank xizmatlari endilikda 
tijorat banklari uchun qo‘shimcha xizmat emas, balki bank biznes modelining asosiy 
elementiga aylanayotganini ko‘rsatadi. 
O‘zbekiston bank tizimida masofaviy xizmatlarning jadal rivojlanishi, birinchi 
navbatda, bank xizmatlarini mobil qurilmalar orqali olish imkoniyatlarining kengayishi 
bilan  bog‘liq.  Mobil  banking  mijozga  bank  filialiga  bormasdan  pul  o‘tkazish, 
kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, kredit va depozit 
mahsulotlari  haqida  ma’lumot  olish,  bank  kartalarini  boshqarish  hamda  ayrim 
banklarda kredit va omonatlarni masofadan rasmiylashtirish imkonini bermoqda. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2017.

– 768 b.

2. Azizov U.O‘., Karaliyev T.M., Bobakulov T.I. Bank ishi. O‘quv

qo‘llanma. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2016. – 640 b.

3. King B. Bank 4.0: Banking Everywhere, Never at a Bank. – Singapore:

Marshall Cavendish International, 2018. – 352 p.

4. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. Pul va banklar. Darslik. – Toshkent:

Iqtisod-Moliya, 2019.

5. Skinner C. Digital Bank: Strategies to Launch or Become a Digital Bank.

– Singapore: Marshall Cavendish International, 2014. – 300 p.

Published

2026-09-09

How to Cite

Murodov Muzaffarbek To’lqinjonovich. (2026). TIJORAT BANKLARIDA MASOFAVIY BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI . TADQIQOTLAR, 93(1), 275-279. https://alpharesearchs.com/index.php/tad/article/view/4378