OLTIN KAMAR VA QONUN: TEMURIYLAR DAVRIDA DIPLOMATIYA NIQOBI OSTIDAGI JOSUSLIK VA MAXFIY AXBOROT YIG‘ISH TARMOQLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Temuriylar, diplomatiya, josuslik, maxfiy axborot, barid, savdogarlar, Yaso, elchi, davlat xavfsizligi.Abstract
Annotatsiya
Mazkur maqolada Temuriylar imperiyasi davrida diplomatiya niqobi ostidagi
josuslik va maxfiy axborot yig‘ish tarmoqlari, xususan, tashqi siyosat va davlat
xavfsizligi masalalari tahlil etiladi. O‘rta asrlar Sharq tarixida, xususan, XIV–XVI
asrlarda kuchli markazlashgan davlat barpo etgan Amir Temur va uning vorislari
davrida elchilik va savdo aloqalari nafaqat diplomatik, balki muhim razvedka
vazifalarini ham bajargan. Maqolada «oltin kamar» (saxovat, sovg‘a-salomlar va
elchilik anʼanalari) hamda «qonun» (temir intizom, Yaso va davlat xavfsizligi)
tushunchalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan. Shuningdek, xabarchilar
(«barid» tizimi), savdogarlar va diniy niqob ostidagi sayohatchilar faoliyatining davlat
xavfsizligini taʼminlashdagi o‘rni ilmiy-tarixiy manbalar asosida yoritiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
2.Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. – Toshkent: Sharq, 1997.
3. Ruy Gonsales de Klavixo. Samarqandga – Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi.
– Toshkent: O‘qituvchi, 1994.
4.Amir Temurning tuzuklari. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2011.
5. Dadaboyev H. Temuriylar davri maʼmuriy-siyosiy va harbiy terminlari. – Toshkent:
Akademnashr, 2019.