PREMIUM TA’LIM BOZORIDA OTA-ONANING TA’LIMGA INVESTITSIYA XATTI-HARAKATI VA MAKTAB BILAN HAMKORLIK MODELI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ota-ona investitsiyasi, premium ta’lim bozori, xususiy maktab, maktab-oila hamkorligi, inson kapitali nazariyasi, pozitsion tovar, iste’molchi xatti-harakati.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada premium ta’lim bozorida ota-onaning bolasi ta’limiga investitsiya kiritish xatti-harakati hamda bunday xatti-harakatning maktab bilan hamkorlik modellariga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonda xususiy ta’lim bozorining jadal o‘sishi bilan bog‘liq: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga xususiy maktab o‘quvchilari soni 112 mingdan oshgan bo‘lib, bu 2018/2019 o‘quv yiliga nisbatan 8,1 baravar ko‘pdir [10]. Premium segmentdagi maktablarda o‘qish narxi yiliga bir necha ming AQSh dollaridan yigirma to‘rt ming dollargacha yetadi, bu esa ota-onaning ta’limga bo‘lgan munosabatini oddiy xarajatdan strategik investitsiyaga aylantiradi. Maqolada inson kapitali nazariyasi, pozitsion tovarlar kontseptsiyasi va ijtimoiy kapital nazariyasi asosida ota-onaning investitsiya xatti-harakati modellashtiriladi hamda J. Epshteynning maktab-oila-jamiyat hamkorligi konsepsiyasi premium ta’lim segmentiga moslashtirilgan holda taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari xususiy maktab menejerlari, marketing mutaxassislari va ta’lim siyosati ishlab chiquvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Becker G.S. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. – 3rd ed. – Chicago: The University of Chicago Press, 1993. – 412 p.
2. Becker G.S., Tomes N. An Equilibrium Theory of the Distribution of Income and Intergenerational Mobility // Journal of Political Economy. – 1979. – Vol. 87, No. 6. – P. 1153–1189.
3. Coleman J.S. Social Capital in the Creation of Human Capital // American Journal of Sociology. – 1988. – Vol. 94, Supplement. – P. S95–S120.
4. Epstein J.L. School, Family, and Community Partnerships: Preparing Educators and Improving Schools. – 2nd ed. – Boulder, CO: Westview Press, 2011. – 656 p.
5. Hirsch F. Social Limits to Growth. – London: Routledge & Kegan Paul, 1977. – 208 p.
6. Oliver R.L. A Cognitive Model of the Antecedents and Consequences of Satisfaction Decisions // Journal of Marketing Research. – 1980. – Vol. 17, No. 4. – P. 460–469.
7. Harvey J.A., Busher H. Marketing schools and consumer choice // International Journal of Educational Management. – 1996. – Vol. 10, No. 4. – P. 26–32.
8. Stewart M.S., Good A.G. Marketing, Information, and Parental Choice [Electronic resource] // ERIC. URL: https://files.eric.ed.gov/fulltext/EJ1088061.pdf (murojaat sanasi: 29.08.2026).
9. DiMartino C., Jessen S.B. School Brand Management [Electronic resource] // SAGE Journals, 2016. DOI: 10.1177/0042085914543112 (murojaat sanasi: 29.08.2026).
10. O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi [Elektron resurs] // Kun.uz, 15.03.2025. URL: https://www.kun.uz/news/2025/03/15/ozbekistonda-xususiy-maktablardagi-oquvchilar-soni-100-mingdan-oshdi-infografika (murojaat sanasi: 29.08.2026).
11. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardagi xususiy maktablarning o‘qish narxi qancha? [Elektron resurs] // Ta’lim xabarlari, 25.08.2025. URL: https://talimxabarlari.uz/42082/ (murojaat sanasi: 29.08.2026).
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni. – Toshkent, 2019.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-son Qarori. – Toshkent, 2017.