RAQAMLI O‘ZBEKISTON – 2030: MAKTAB VA OTMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING JORIY ETILISH DARAJASI

Authors

  • Ahmedov Feruz Ergashevich Author

Abstract

Bugungi kunda raqamlashtirish jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan 
biriga  aylanib  bormoqda.  Axborot  texnologiyalarining  jadal  rivojlanishi  davlat 
boshqaruvi, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, bank-moliya tizimi bilan bir qatorda ta’lim 
sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, yosh avlodga zamonaviy bilim va 
ko‘nikmalarni  berishda  raqamli  texnologiyalardan  samarali  foydalanish  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda ta’lim tizimini raqamlashtirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etish,  davlat  xizmatlarini 
raqamlashtirish,  aholining  raqamli  savodxonligini  oshirish  hamda  ta’lim  jarayonini 
zamonaviy  texnologiyalar  asosida  tashkil  etish  bo‘yicha  qator  vazifalar  amalga 
oshirilmoqda. 
Ta’lim  tizimining  raqamlashtirilishi  nafaqat  kompyuterlar  va  internetdan 
foydalanishni,  balki  o‘qitishning  mazmuni,  shakli  va  boshqaruv  mexanizmlarini 
tubdan o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. 

References

Published

2026-08-20

How to Cite

Ahmedov Feruz Ergashevich. (2026). RAQAMLI O‘ZBEKISTON – 2030: MAKTAB VA OTMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING JORIY ETILISH DARAJASI . TADQIQOTLAR, 92(1), 193-196. https://alpharesearchs.com/index.php/tad/article/view/4149