POST-COVID-19 SINDROMI: KORONAVIRUS INFEKSIYASIDAN KEYINGI UZOQ MUDDATLI ASORATLAR VA ULARNING INSON HAYOT SIFATIGA TAʼSIRI
Keywords:
Kalit soʻzlar: funktsional cheklanish, kognitiv pasayish, nafas qisilishi,, postinfeksion holat, prospektiv kuzatuvAbstract
Annotatsiya. Koronavirus infeksiyasidan keyingi uzoq davom etuvchi nafas
qisilishi, charchoq va fikrlash va eslab qolish qobiliyati pasayish birlamchi kasallik
tugaganidan soʻng ham bemorlarning kundalik faoliyatini cheklab, profilaktik
kuzatuvni murakkablashtiradi. Tadqiqotning maqsadi post-COVID-19 sindromida
klinik belgilar majmuasi, hayot sifati pasayishi va ularning oʻzaro bogʻliqligini
baholash edi.Tadqiqotda prospektiv kohort usuli qo‘llanildi. Bemorlar ma’lum vaqt
davomida kuzatildi. Ularning holati klinik baholash, SF-36 so‘rovnomasi va mMRC
shkalasi yordamida o‘rganildi. Olingan natijalar statistik usullar orqali tahlil qilindi.
Guruhlar o‘rtasida sezilarli farqlar aniqlandi. Respirator simptomlar esa eng barqaror
ko‘rsatkich bo‘lib qoldi. Hayot sifati koʻrsatkichlarida pasayish nafaqat jismoniy
faollik, balki psixoemotsional holatga ham taʼsir qilgani kuzatildi, ayrim
koʻrsatkichlarda farq juda sezilarli boʻldi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Post-COVID-19
sindromi bo‘lgan bemorlarda nafas qisilishi, surunkali charchoq va kognitiv
shikoyatlarning uzoq muddat davom etishi kuzatildi. Mazkur klinik belgilar jismoniy
faollikning cheklanishi, kundalik faoliyatning qiyinlashishi va hayot sifatining
pasayishi bilan birga namoyon bo‘ldi. Xulosa shuki, post-COVID-19 sindromi koʻp
komponentli klinik yuk bilan kechadi, uning profilaktik kuzatuvini SF-36 va mMRC
asosida qatʼiylashtirish, xavf guruhlarini erta ajratish hamda biomarkerlar bilan
toʻldirilgan keyingi tadqiqotlar oʻtkazish zarur. Mazkur tahlil uzoq muddatli asoratlarni
birlashtirilgan klinik skrining orqali erta aniqlashga metodik asos beradi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. World Health Organization. A clinical case definition of post COVID-19 condition
by a Delphi consensus, 6 October 2021 [Elektron resurs]. — URL:
https://www.who.int/publications/i/item/WHO-2019-nCoV-Post_COVID-
19_condition-Clinical_case_definition-2021.1
2. Soriano JB, Murthy S, Marshall JC, Relan P, Diaz JV; WHO Clinical Case
Definition Working Group on Post-COVID-19 Condition. A clinical case definition of
post-COVID-19 condition by a Delphi consensus. Lancet Infectious Diseases.
2022;22(4):e102-e107. doi:10.1016/S1473-3099(21)00703-9. PMID: 34951953
3. Ceban F, Ling S, Lui LMW, et al. Fatigue and cognitive impairment in Post-COVID-
19 Syndrome: A systematic review and meta-analysis. Brain, Behavior, and Immunity.
2022;101:93-135. doi:10.1016/j.bbi.2021.12.020. PMID: 34973396
4. Joli J, Buck P, Zipfel S, Stengel A. Post-COVID-19 fatigue: A systematic review.
Frontiers in Psychiatry. 2022;13:947973. doi:10.3389/fpsyt.2022.947973. PMID:
36032234.