O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZ TURIZMNI TA’MINLASHNING MA’MURIY- HUQUQIY TIZIMINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH: MUSTAQILLIKNING 35 YILLIK TARAQQIYOT YO‘LI
Keywords:
Kalit so‘zlar: mustaqillik, turizm, xavfsiz turizm, turist xavfsizligi, ma’muriy huquq, davlat boshqaruvi, jamoat xavfsizligi, ichki ishlar organlari, turistik hudud, huquqbuzarliklar profilaktikasi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatda xavfsiz turizmni
ta’minlashning ma’muriy-huquqiy asoslari shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil
qilingan. Mustaqillik yillarida turistlar xavfsizligini ta’minlash umumiy turizm
qonunchiligining alohida yo‘nalishidan davlat boshqaruvi va jamoat xavfsizligini
ta’minlashning maxsus mexanizmiga aylangani asoslantirilgan. 1999-yildagi “Turizm
to‘g‘risida”gi Qonun, 2017-yilda xavfsiz turizm konsepsiyasining joriy etilishi, 2019-
yildagi yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun hamda transport va turizm
obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-
huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Amaldagi tizimning ayrim muammolari aniqlanib,
xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini umumrespublika miqyosida yangilash,
hududiy xavfsizlik dasturlarining yagona mezonlarini ishlab chiqish va davlat organlari
o‘rtasidagi muvofiqlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar
ilgari surilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1] O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng
nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-apreldagi qarori // O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining rasmiy veb-sayti. (Prezident Uzbekiston)
[2] O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “2025-yilda
O‘zbekistonga 11,7 million nafar turist kelgan”. 2026-yil 16-yanvar. (Statistika
Uzbekiston)
[3] O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. “7 oyda O‘zbekistonga
7,7 mln nafar turist tashrif buyurdi”. 2026-yil 11-avgust. (Statistika Uzbekiston)
[4] “Turizm to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
830-I-son Qonuni. 18–19-moddalar // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
[5] “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 2-dekabrdagi PF–4861-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi.
[6] “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni
ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarori // Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi.
[7] “Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning
samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”: O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-son qarori // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi.
[8] “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari
tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida”:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son
qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
[9] “Turizm to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi
O‘RQ–549-son Qonuni. 35–38-moddalar // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
[10] “Turizm to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi
O‘RQ–549-son Qonuni. 36-moddalar // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
[11] “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va
uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF–27-son Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-son qarori // Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi.
[12] O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi
939-son qarori.
[13] O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi O‘RQ–549-son “Turizm
to‘g‘risida”gi Qonuni. 35-modda.
[14] “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor
yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib
chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”: O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son Farmoni, tegishli ilova //
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
[15] O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi O‘RQ–549-son “Turizm
to‘g‘risida”gi Qonuni. 35-modda.
[16] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-son
Farmoni.