MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI BAHOLASHNING INTEGRALLASHGAN MODELINI ISHLAB CHIQISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy
maqsadlaridan biri ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning zamonaviy bilim va
kompetensiyalarni egallashini ta’minlash hamda ta’lim jarayonining natijadorligini
muntazam baholab borishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamiyatning
intellektual, ma’naviy va kasbiy salohiyatini shakllantiruvchi muhim ijtimoiy institut
sifatida ta’lim sifatini ta’minlash jarayonida alohida o‘rin egallaydi. Shu sababli
maktablarda ta’lim sifatini obyektiv, kompleks va muntazam baholashning samarali
mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
An’anaviy baholash tizimida ko‘pincha o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish
darajasi, nazorat ishlari va test natijalariga asosiy e’tibor qaratiladi. Biroq ta’lim sifati
faqat o‘quvchining olgan bahosi bilan belgilanmaydi. O‘qituvchining kasbiy
kompetensiyasi, darsni tashkil etish metodikasi, zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalanish darajasi, maktabning moddiy-texnik bazasi, ta’lim
muhiti, boshqaruv samaradorligi, ota-onalar bilan hamkorlik va o‘quvchilarning ta’lim
jarayonidan qoniqishi ham ta’lim sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqodirov A. A., Pardaev A. X. Ta’lim jarayonini boshqarishda axborot
texnologiyalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 208 b.
2. Jo‘rayev R. H., Tolipov O‘. Q. Pedagogik faoliyatda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish. – Toshkent: Fan, 2010.
3. Muslimov N. A., Usmonboyeva M. H., Sayfurov D. M., To‘rayev A. B.
Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent: Sano-standart, 2015.
– 120 b.
4. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. –
172 b.
5. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. –
172 b.