YANGI KONSTITUTSIYADA O‘ZBEKISTON DEMOKRATIK, HUQUQIY, IJTIMOIY VA DUNYOVIY DAVLAT

Authors

  • Asraqulov Mirnosir Mirsultonovich Author

Keywords:

O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr - qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan

Abstract

Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari Asosiy qonun – 
Konstitutsiyada to‘liq ifoda etiladi. Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson 
qadri ulug‘lanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish 
maqsadida keng qamrovli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy 
tajriba to‘plandi.  

References

Umuman olganda, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

inson huquqlarini oliy qadriyat deb belgilab, davlatni ijtimoiy davlat maqomiga

ko‘tardi. Bosh qonunimiz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti yaratish va

inson qadrini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab yangi kafolatlarni taqdim etdi.

Jumladan: davlat fuqarolarning uy-joyli bo‘lish hamda davlat bog‘cha, maktab va oliy

ta’lim tizimlarini rivojlantirish, shu jumladan, oliy ta’limda davlat hisobidan bepul

o‘qish huquqlarini kafolatlaydi. Minimal ish haqi miqdori insonning munosib turmush

kechirishini ta’minlashi kerakligi, ishsizlikdan himoyalanish, pensiya, nafaqa va

boshqa ijtimoiy yordamlarning qonuniy asoslari kuchaytirildi. Hech kim sud qarorisiz

48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi va insonni ushlash vaqtida uning

huquqlari va nima sababdan ushlangani tushuntirilishi, shaxsga o‘z huquqlari va

advokat olish huquqi tushuntirilishi kerakligi bevosita Bosh qomusimizda belgilandi.

Jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga o‘zini oqlash yoki isbotlash uchun barcha

qonuniy imkoniyatlarni berilishi, mulkdor o‘z mulkidan qonunga muvofiq

foydalanish, uni tasarruf etish huquqiga egaligi, mulkni olib qo‘yish faqat qonunda

belgilangan hollarda va oldindan hamda to‘la qiymatda kompensatsiya (haq) to‘langan

taqdirdagina amalga oshirilishi aniq belgilab berildi. Davlat organlari bilan bog‘liq

munosabatlarda qonunchilikdagi barcha noaniqliklar fuqaro foydasiga talqin qilinishi,

xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy

qadriyatlar va tamoyillar qat’iy belgilab berilgan.

Published

2026-05-24

How to Cite

YANGI KONSTITUTSIYADA O‘ZBEKISTON DEMOKRATIK, HUQUQIY, IJTIMOIY VA DUNYOVIY DAVLAT. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 94(1), 405-411. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/993