BOSHLANG'ICH SINFLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA TA'LIMNI TASHKIL ETISH
Keywords:
kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik texnologiyalar, tayanch kompetensiyalar, ta’lim sifati, o‘quvchi faolligi, innovatsion metodlar.Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda kompetensiyaviy yondashuv asosida
ta’limni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Kompetensiyaviy
yondashuvning mazmuni, uning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va kommunikativ ko‘nikmalarni
shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali tayanch kompetensiyalarni
rivojlantirish usullari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari kompetensiyaviy yondashuv
asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
samarali rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
References
1.
Boshlang‘ich sinf darslarini tashkil etishda kompetensiyaviy
yondashuvga asoslangan interfaol metodlardan keng foydalanish lozim.
2.
O‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan muammoli vaziyatli topshiriqlarni dars jarayoniga
ko‘proq joriy etish tavsiya etiladi.
3.
Ta’lim
samaradorligini
oshirish
maqsadida
axborot
kommunikatsiya texnologiyalari, elektron resurslar va multimedia vositalaridan
unumli foydalanish zarur.
4.
Pedagoglarning kompetensiyaviy yondashuv bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarini oshirish uchun malaka oshirish kurslari va amaliy seminar
treninglarni muntazam tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
5.
Darslik va metodik qo‘llanmalarni zamonaviy kompetensiyaviy
talablar asosida takomillashtirish hamda amaliy topshiriqlar ulushini
ko‘paytirish zarur.
6.
O‘quvchilarning individual qobiliyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda differensial yondashuvni qo‘llash tavsiya etiladi.
7.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onalar hamkorligini
kuchaytirish orqali o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini samarali
rivojlantirish mumkin.