BURHONIDDIN MARGʻINONIYNING “AL-HIDOYA” ASARIDA VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQLARIGA OID FIQHIY MASALALAR VA ULARNING ZAMONAVIY QONUNCHILIKDAGI IN’IKOSI
Keywords:
fiqh, voyaga yetmagan, huquq, Margʻinoniy, Al-Hidoya, huquqiy layoqat, vasiylik, bola manfaatlari ustuvorligi.Abstract
Mazkur maqolada Burhoniddin Margʻinoniy qalamiga mansub
“Al-Hidoya” asarida voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi, ularning mulkiy
munosabatlarda ishtiroki, vasiylik va homiylik masalalari hamda shariatdagi himoya
mexanizmlari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda ilgari surilgan fiqhiy
qoidalarning O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy qonunchiligi hamda BMTning
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi kabi xalqaro huquq normalari bilan
konseptual uyg‘unligi asoslab berilgan.
References
1. Burhoniddin Marg‘inoniy. Hidoya. Sharhu Bidoyatil mubtadiy. 1-2-mujalladlar
/ Tarjimonlar: Y. Razzoqov va boshq. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. – B.
612, 310.
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi: www.lex.uz. (17, 29-moddalar).
3. Jo‘zjoniy A. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O‘rta Osiyo faqihlari. – Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyoti, 2002. – B. 142-143.
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (Bosh Assambleyaning 1989-yil 20
noyabrdagi rezolyutsiyasi). BMT hujjatlari to‘plami.
5. BMTning voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov yuritish bo‘yicha minimal
standart qoidalari (“Pekin qoidalari”, 1985-y.).