ONGNING SHAKLLANISHIDA IJTIMOIY MUHIT VA TA’LIMNING O‘RNI.
Keywords:
ong, ijtimoiy muhit, ta’lim, oila, ijtimoiylashuv, nutq, tafakkur, tanqidiy fikrlash, shaxs rivojlanishi.Abstract
Maqolada inson ongining shakllanishi va rivojlanishida ijtimoiy muhit
hamda ta’limning o‘zaro bog‘liq o‘rni tahlil qilinadi. Oila, tengdoshlar, mahalla,
ommaviy axborot vositalari va raqamli muhitning shaxs dunyoqarashi, qadriyatlari
hamda xulq-atvoriga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, tizimli ta’limning tanqidiy fikrlash,
o‘zini boshqarish, muammolarni tahlil qilish va mustaqil qaror qabul qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada ong
taraqqiyotini faqat bitta omil bilan izohlash mumkin emasligi, ijtimoiy muhit, ta’lim
va shaxsning individual xususiyatlari o‘zaro ta’sirda namoyon bo‘lishi asoslanadi.
References
1. Vigotskiy L. S. Mishlenie i rech. — Moskva: Labirint, 1999.
2. Xaydarov F. I., Xalilova N. I. Umumiy psixologiya. — Toshkent: Fan va
texnologiyalar, 2010.
3. Ivanov P. I., Zufarova M. Ye. Umumiy psixologiya. — Toshkent:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.
4. Cole M., Scribner S. Culture and Thought: A Psychological Introduction.
— New York: Wiley, 1974.