XOTIRA MAKONLARI VA IJTIMOIY O‘ZLIK: PEYAMI SAFANING “FOTIH–HARBIYE” ROMANI MISOLIDA
Keywords:
kollektiv xotira, xotira makonlari, ijtimoiy o‘zlik, eslash figuralari, Sharq va G‘arb, modernlashuv, Peyami Safa, “Fotih–Harbiye”.Abstract
Maqolada kollektiv xotira, ijtimoiy o‘zlik va makon o‘rtasidagi
munosabat badiiy matn misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini M.
Halbvaksning kollektiv xotira haqidagi qarashlari, J. Assmannning “eslash
figuralari” va P. Noraning “xotira makonlari” konsepsiyalari tashkil etadi. Amaliy
qismda turk adibi Peyami Safaning “Fotih–Harbiye” romani o‘rganilib, Istanbulning
Fotih va Harbiye (Beyo‘g‘li) mahallalari Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarini
ifodalovchi xotira makonlari sifatida talqin etiladi. Roman qahramonining o‘zlik
inqirozi ikki xotira makoni orasidagi tebranish, undan chiqishi esa makonning xotira
orqali qayta anglanishi sifatida izohlanadi. Xulosada makon ijtimoiy o‘zlikni quruvchi
va uni avloddan avlodga yetkazuvchi faol unsur ekani asoslab beriladi.
References
1. Aranyosi E. U. Türkçe edebiyatta kolektif belleğin yansımaları: Dissertatsiya. –
Ankara: İhsan Doğramacı Bilkent Üniversitesi, 2012.
2. Assmann J. Kültürel bellek / Çev. A. Tekin. – İstanbul: Ayrıntı Yayınları, 2015.
3. Bilgin N. Kimlik inşası. – Ankara: Aşina Kitaplar, 2007.
4. Gellner E. Uluslar ve ulusçuluk / Çev. B. Ersanlı, G. G. Özdoğan. – İstanbul: Hil
Yayınları, 2018.
5. Göle N. Melez desenler. – İstanbul: Metis Yayınları, 2017.
6. Kaplan M. Kültür ve dil. – İstanbul: Dergâh Yayınları, 1996.
7. Nora P. Hafıza mekânları / Çev. M. E. Özcan. – Ankara: Dost Kitabevi Yayınları,
2006.
8. Safa P. Roman cemiyetin aynası // Tasvir-i Efkâr. – 1942. – 23 Kasım. – B. 2.
9. Safa P. Fatih-Harbiye. – İstanbul: Ötüken Neşriyat, 2015.
10. Shayegan D. Yaralı bilinç / Çev. H. Bayrı. – İstanbul: Metis Yayınları, 2002.
11. Smith A. D. Millî kimlik / Çev. B. S. Şener. – İstanbul: İletişim Yayınları, 1994.
12. Traverso E. Geçmişi kullanma kılavuzu / Çev. I. Ergüden. – İstanbul: Versus Kitap,
2009.
13. Yücel Ö. F. Edebî metinlerde bellek ve mekân: Fatih Harbiye ve Dokuzuncu
Hariciye Koğuşu romanları üzerine bir inceleme // The Turkish Online Journal of
Design, Art and Communication (TOJDAC). – 2021. – Vol. 11, Issue 1. – P. 195
212.