ANIQMAS INTEGRALNI MAPLE AMALIY DASTURI YORDAMIDA YECHISHNI O‘QUVCHILARGA O‘RGATISH
Keywords:
niqmas integral, Maple, kompyuter algebra tizimi, int buyrug‘i, Int buyrug‘i, value funksiyasi, bo‘laklab integrallash, intparts, matematik savodxonlik, raqamli ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada aniqmas integral tushunchasini o‘qitishda Maple kompyuter
algebra tizimidan foydalanishning metodik va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Maple
muhitida int, Int, value hamda Student paketi tarkibidagi intparts buyruqlaridan
foydalanib integrallarni hisoblash, natijalarni tekshirish va bo‘laklab integrallash
jarayonini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘rib chiqiladi. Dasturiy vositadan
foydalanish o‘quvchilarga integral ostidagi funksiya, integrallash o‘zgaruvchisi va
boshlang‘ich funksiya o‘rtasidagi bog‘lanishni amaliy misollar orqali kuzatish
imkonini beradi. Maqolada Maple natijasida integrallash doimiysi C avtomatik
ko‘rsatilmasligi kabi muhim metodik jihatga ham e’tibor qaratiladi. Taklif etilgan
yondashuv an’anaviy analitik hisoblashni kompyuter yordamida tekshirish bilan
uyg‘unlashtirib, o‘quvchilarning matematik va raqamli savodxonligini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
References
1. Piskunov, N. S. Differensial va integral hisob. Toshkent: O‘qituvchi, 1974.
2. Dyakonov, V. P. Maple 6: Uchebnyy kurs. Sankt-Peterburg: Piter, 2001.