SO‘G‘D MUSIQA MADANIYATINING ARXEOLOGIK IZLARI.

Authors

  • HasanNurboboyev Author

Keywords:

So‘g‘d, musiqa madaniyati, arxeologiya, Afrosiyob, Panjikent, terrakota, lyuta, arfa, nay, cholg‘u, musiqachi, musiqa arxeologiyasi, organologiya, Buyuk Ipak yo‘li.

Abstract

Mazkur maqolada qadimgi So‘g‘d musiqa madaniyatining 
arxeologik manbalarda aks etishi masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy 
manbalarini Afrosiyob, Panjikent va boshqa So‘g‘d yodgorliklaridan aniqlangan 
terrakota haykalchalar, devoriy suratlar hamda musiqiy cholg‘ular tasvirlari tashkil 
etadi. Arxeologik va ikonografik materiallar asosida qadimgi So‘g‘d hududida torli, 
puflama va urma cholg‘u asboblaridan foydalanilganligi tahlil qilinadi. Ayniqsa, 
Afrosiyobdan topilgan musiqachi terrakotalari qadimgi ijrochilik madaniyatini 
o‘rganish uchun muhim manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada musiqa tasvirlarini 
faqat san’atshunoslik nuqtayi nazaridan emas, balki musiqa arxeologiyasi va 
organologiya metodlari asosida kompleks o‘rganish zarurligi asoslanadi. Shuningdek, 
So‘g‘d musiqa an’analarining Buyuk Ipak yo‘li orqali boshqa hududlarga, xususan, 
Xitoyga tarqalishi arxeologik va ikonografik materiallar asosida ko‘rib chiqiladi.

References

1.

Rtveladze

E.V.,

Pugachenkova

G.A. Afrasiab

The Archaeological Site // Encyclopaedia Iranica. Vol. I, Fasc. 6. — 1985.

2.

I.

Vyzgo T.S. Muzykalnye instrumenty Sredney Azii: istoricheskie

ocherki. — Moskva: Muzyka, 1980.

Published

2026-09-18

How to Cite

SO‘G‘D MUSIQA MADANIYATINING ARXEOLOGIK IZLARI. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 101(1), 343-351. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/4539