O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI QADIMGI MUSIQA MADANIYATINING ARXEOLOGIK MANBALARI
Keywords:
qadimgi musiqa, arxeologiya, arxeomuzikologiya, So‘g‘d, Afrosiyob, Baqtriya, Xorazm, Dalvarzintepa, Xolchayon, Kampirtepa, Yerqo‘rg‘on, lyutnya, musiqa asboblari, terrakota, devoriy surat, Buyuk Ipak yo‘li.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi davrlardan
shakllangan musiqa madaniyatining arxeologik manbalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning
asosiy manbalarini Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolchayon, Kampirtepa, Yerqo‘rg‘on
hamda qadimgi Xorazm yodgorliklaridan topilgan terrakota haykalchalar, devoriy
suratlar, haykaltaroshlik namunalari va musiqa asboblari tasvirlari tashkil etadi.
Qadimgi So‘g‘d, Baqtriya-Toxariston va Xorazm hududlarida torli, puflama va zarbli
cholg‘ularning mavjud bo‘lganligi arxeologik hamda ikonografik materiallar asosida
yoritiladi. Ayniqsa, Afrosiyobdan aniqlangan sozanda tasvirlari va So‘g‘dga xos qisqa
dastali lyutnya tipidagi cholg‘ularning tarqalishi alohida tahlil qilinadi. Tadqiqot
natijasida musiqa qadimgi O‘zbekiston hududida faqat ko‘ngilochar hodisa emas,
balki marosim, saroy, diniy va ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy qismi bo‘lganligi
asoslanadi. Shuningdek, So‘g‘d musiqa madaniyatining Buyuk Ipak yo‘li orqali
boshqa hududlar, xususan, Xitoy bilan madaniy aloqalardagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.
References
1.
Solomonova T. E. Istoriya uzbekskoy muzyki. — Moskva:
Muzyka, 1979.
2.
Shishkin V. A. Afrasiab — sokrovishnitsa drevney kultury. —
Toshkent: Fan, 1966.