O‘ZBEK VA QORAQALPOQ O‘TOVSOZLIK SO‘Z/TERMINLARI LINGVISTIK TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA (MADANIYATLARARO ALOQA VOSITASI ASPEKTIDA)

Authors

  • Berdiyev Xusan Xolnazarovich Author

Keywords:

O‘tovning qurilish materiallari, materiallarning turlari, xususiyati, vazifasi, ahamiyati, o‘tov materiallari bezaklari, to‘shanchi va shu kabi qator narsa predmetlarni anglatuvchi so‘z/terminlar so‘zlar mavjud. O‘tovsozlik leksikasi nafaqat lingvistik manbalar va og‘zaki nutq materiallari, shuningdek arxeologik, etnografik, badiiy-folkloristik tadqiqotlar natijalariga ham asoslangan holda tadqiq etiladi. Bu terminologik qatlamga oid materiallarni chuqur o‘rganish hamda ular bo‘yicha maxsus lingvistik tadqiqot olib borish lozim degan xulosaga kelish imkonini beradi. O‘zbek va qoraqalpoq tillarining o‘tovsozlik leksikasi til leksik sistemasida alohida o‘rin tutadi, qadimiy meros bilan bog‘liq muhim lingvistik qadriyat hisoblanadi. Zero, Soha leksikasidagi so‘zlar semantikasi, turli davrlarga oid lingvistik birliklar, tarixiy dialektal so‘zlarning ma’no ko‘lami o‘tov va u bilan bog‘liq so‘z/terminlarda aks etib kelgani holda, hozirga qadar ular ilmiy jihatdan keng ma’noda tadqiqot ob’ektiga aylanmagan.

Abstract

O‘zbek  va qoraqalpoq tillarining o‘tovsozlik terminologik tizimida faol ishlatib 
kelinayotgan turli shakldagi terminlar mavjud. Ularning ba’zilari qadim davrlardayoq 
maxsus termin sifatida qo‘llanib kelingan. O‘tovsozlik terminlari o‘zbek xalqi bilan 
bir qatorda, qardosh qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, uyg‘ur va turkman tillari vakillari  
nutqida ham keng qo‘llanadi.   

References

O‘tovning turkiy tipi leksik sistemasiga oid keng

ko‘lamda bajaril-gan tadqiqotlarning mavjud emasligi uni o‘rganishning

dolzarbligidan dalolat beradi.

O‘tovsozlik leksikasiga xos so‘zlarni tarixiy va ilmiy manbalar asosida tadqiq

etish lozim. Bu esa, tabiiyki, qadriyatlarga aloqador bo‘lgan ma’naviy-moddiy

merosni o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlariga oid o‘ziga xosliklarni tadqiq

etish hamda til lug‘at boyligi xazinasida tutgan o‘rnini belgilashdek dolzarb vazifa

bilan chambarchas bog‘liqdir.

Published

2026-09-05

How to Cite

O‘ZBEK VA QORAQALPOQ O‘TOVSOZLIK SO‘Z/TERMINLARI LINGVISTIK TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA (MADANIYATLARARO ALOQA VOSITASI ASPEKTIDA). (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 100(1), 173-180. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/4274