HARAKATLANISH IMKONIYATI CHEKLANGAN BEMORLARDA YOTOQ YARA RIVOJLANISHI XAVFI YUQORI BO‘LGAN TANA SOHALARINI ANIQLASH VA FUNKSIONAL KIYIMLARNI LOYIHALASHNING KLINIK-KONSTRUKTIV ASOSLARI
Keywords:
bosim shikastlanishi, yotoq yara, harakatlanish imkoniyati cheklangan bemor, funksional kiyim, adaptiv kiyim, anatomik xavf zonasi, bosim, ishqalanish, siljish kuchi, teri mikroiqlimi, namlik, antropometriya, kiyim konstruksiyasi, parvarish, reabilitatsiya.Abstract
ushbu maqolada uzoq muddat yotoq rejimida bo‘ladigan, mustaqil
harakatlanishi yoki tana holatini o‘zgartirishi cheklangan bemorlarda yotoq yara,
ya’ni bosim shikastlanishi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan tana sohalarini aniqlash
va ushbu ma’lumotlar asosida funksional kiyimlarni loyihalashning klinik-konstruktiv
asoslari tadqiq etildi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlar va xalqaro klinik qo‘llanmalar
tahlili asosida bosim shikastlanishi faqat uzoq muddatli bosim natijasi emas, balki
bosim, siljish, ishqalanish, teri va to‘qimalarning individual chidamliligi, perfuziya,
sezuvchanlik, namlik, oziqlanish holati va umumiy klinik holatning o‘zaro ta’siri bilan
shakllanadigan ko‘p omilli jarayon ekanligi aniqlandi.
References
1. National Pressure Injury Advisory Panel, European Pressure Ulcer Advisory
Panel, Pan Pacific Pressure Injury Alliance. Prevention and Treatment of Pressure
Ulcers/Injuries: Clinical Practice Guideline. The International Guideline. Fourth
Edition. Emily Haesler, editor. Osborne Park, WA: International Guideline; 2025.