TERI SALOMATLIGIDA NUTRISIOLOGIYA VA KOSMETOLOGIYA UYG’UNLIGI
Keywords:
teri salomatligi, nutrisiologiya, kosmetologiya, nutrikosmetika, Gut–Skin Axis, antioksidantlar, omega-3 yogʻ kislotalari, kollagen peptidlari, oksidlovchi stress, teri qarishi, integrativ tibbiyot.Abstract
Teri salomatligi inson umumiy sogʻligining muhim koʻrsatkichlaridan biri
boʻlib, uning holati genetik omillar, turmush tarzi, ovqatlanish, gormonal muvozanat,
tashqi muhit va kosmetologik parvarishning oʻzaro taʼsiri natijasida shakllanadi.
Soʻnggi yillarda teri fiziologiyasini oʻrganishda anʼanaviy kosmetologik
yondashuvlardan tashqari nutrisiologiyaning oʻrni tobora ortib bormoqda. Ayniqsa,
"Beauty from Within" konsepsiyasi hamda Gut–Skin Axis nazariyasining rivojlanishi
teri salomatligini kompleks yondashuv asosida baholash zarurligini koʻrsatmoqda.
Mazkur maqolaning maqsadi nutrisiologiya va kosmetologiyaning teri salomatligini
taʼminlashdagi oʻzaro bogʻliqligini zamonaviy ilmiy dalillar asosida tanqidiy tahlil
qilish, integrativ yondashuvning afzalliklari va cheklovlarini baholash hamda
kelgusidagi ilmiy tadqiqotlar uchun istiqbolli yoʻnalishlarni aniqlashdan iborat.
References
1. Ahmed, I. A., & Mikail, M. A. (2023). Diet and skin health: The good and the bad.
Progress in Food & Nutrition Science. https://doi.org/10.1016/j.pfs.2023.100093
2. Assaf, S., & Kelly, O. (2025). Nutritional dermatology: Optimizing dietary choices
for skin health. Nutrients, 17(1), 60. https://doi.org/10.3390/nu17010060
3. Cao, C., Xiao, Z., Wu, Y., & Ge, C. (2020). Diet and skin aging—From the perspective
of food nutrition. Nutrients, 12(3), 870. https://doi.org/10.3390/nu12030870
4. Meixiong, J., Ricco, C., Vasavda, C., Ho, B. K., & others. (2022). Diet and acne: A
systematic review. JAAD International, 7, 95–112.