O‘ZBEK TILIDA OILAVIY MUNOSABATLARGA OID EVFEMIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Authors

  • Norbayeva Shukurjon Xayitbayevna Author

Keywords:

Til va madaniyat munosabati masalasi bugungi tilshunoslikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ayniqsa lingvokulturologiya doirasida til birliklari orqali millat ruhiyati, qadriyatlar tizimi, ma’naviy olami tadqiq etilmoqda. Oilaviy

Abstract

Maqolada o‘zbek tilida oilaviy munosabatlarga oid 
evfemizmlarning lingvokulturologik tabiati, ularning milliy dunyoqarash va 
qadriyatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida, avvalo, evfemizm 
tushunchasining umumiy nazariy talqinlari, lingvokulturologiya fanidagi “til – 
madaniyat – mentalitet” uchligi bilan bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘zbek 
tilshunosligida evfemizmlar masalasini maxsus o‘rganib kelayotgan olimlar qarashlari 
umumlashtirilib, oilaviy munosabatlar – nikoh, er-xotin muloqoti, homiladorlik va 
tug‘ruq, qarindoshlik, qaynona-kelin munosabatlari, ajralish va xiyonat, oila 
a’zolarining o‘limi kabi nozik sohalarga oid evfemik birliklar alohida guruhlarga 
ajratiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, oilaviy evfemizmlar o‘zbek mentalitetida 
ijtimoiy maqom, jins, yosh, qarindoshlik darajasi, diniy qarashlar, shuningdek, qishloq – shahar, avlodlar o‘rtasidagi tafovutlarni aks ettiruvchi kuchli lingvokulturologik 
indikator sifatida namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Maqola yakunida oilaviy 
evfemizmlarni qiyosiy-planda o‘rganish, maxsus sohaviy evfemik lug‘at yaratish vabadiiy matnlar asosida elektron korpus tuzish kabi ilmiy takliflar ilgari suriladi.

References

1.

Omonturdiyev A. J. O‘zbek tilining qisqacha evfemik lug‘ati. – Toshkent:

Fan, 2006.

2.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 tomlik. 1-tom. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy

ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.

3.

Turdimurodov S. E. O‘zbek tilining izohli lug‘atlarida evfemik ma’nolar

talqini. Filologiya fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi. – Termiz, 2022.

Published

2026-08-13

How to Cite

O‘ZBEK TILIDA OILAVIY MUNOSABATLARGA OID EVFEMIZMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 99(1), 65-74. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/4057