MILLIY SAN'AT VA VORISLIK: TANIQLI MINIATYURACHI RASSOM TOIR BOLTABOYEV ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI VA DAVRA SUHBATI

Authors

  • Dadajanova Iroda Abdusattarovna Author

Keywords:

Yaqinda Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent tumani 32-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida (BMSM) ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiluvchi yirik ma’rifiy tadbir — davra suhbati va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy qahramoni va faxriy mehmoni sifatida yurtimizning yetakchi mo'yqalam ustalaridan biri taklif etildi. O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi aэzosi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi, yetuk miniatyurachi rassom Boltaboyev Toir Ilyosovich bo‘ldilar.

Abstract

San’at — inson ruhiyatining eng nozik torlarini chertuvchi, o‘zligimizni 
va tariximizni kelajak avlodga bezavol yetkazib beruvchi beqiyos ko‘prikdir. Ayniqsa, 
O‘zbekiston zamini asrlar osha o‘zining betakror miniatyura maktabi, buyuk 
musavvirlari va o‘ziga xos rangtasvir an’analari bilan butun dunyoni lol qoldirib 
kelgan. Bugungi kunda ushbu boy merosni yoshlarga o‘rgatish, ularning qalbida 
go‘zallikka nisbatan muhabbat uyg‘otish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb 
etmoqda. 

References

Bu kabi amaliy uchrashuvlar yoshlar uchun nafaqat bilim va tajriba

manbai, balki ulkan ma’naviy ozuqa hamdir. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi

darajasidagi yetuk mutaxassisning oddiy maktab o‘quvchilari bilan yuzma-yuz o‘tirib,

o‘z sirlarini bo'lishishi – mamlakatimizda yosh avlod kamolotiga qaratilayotgan

yuksak e’tiborning amaldagi isbotidir. Ishonchimiz komilki, bugun Toir Ilyosovichdan

o‘git olgan, Iroda, Barno, Munisa kabi ustozlar qo‘lida toblanayotgan bu yoshlar

kelajakda O‘zbekiston tasviriy san’atini butun dunyoga tanituvchi, milliy

an’analarimizni munosib davom ettiruvchi buyuk musavvirlar bo‘lib yetishadilar.

Published

2026-08-05

How to Cite

MILLIY SAN’AT VA VORISLIK: TANIQLI MINIATYURACHI RASSOM TOIR BOLTABOYEV ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI VA DAVRA SUHBATI . (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 98(1), 324-327. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/3921