ZARBDOR TUMANIDA OZUQA EKINLARINI NDVI INDEKSI ASOSIDA MONITORING QILISH: NAZARIY VA AMALIY NATIJALAR
Keywords:
Tadqiqot metodikasi. Tadqiqotda Yevropa koinot agentligi (ESA) tomonidan taqdim etiladigan Sentinel-2 (A/B) sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalanildi - bu tasvirlar ozuqa ekinlari fenologiyasini har 5 kunda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlarni qayta ishlash quyidagi zanjir bo‘yicha amalga oshirildi: barcha tasvirlar WGS 84/UTM 42N koordinatalar tizimiga keltirildi; NDVI, EVI va NDWI indekslari hisoblandi; Google Earth Engine muhitida Random Forest va SVM algoritmlari yordamida ozuqa ekinlari boshqa ekin turlaridan (g‘alla, paxta) ajratildi. Tahlilda, jumladan, biomassa hajmini aks ettiruvchi yaqin infraqizil (NIR, Band 8) va xlorofill yutilishini aks ettiruvchi qizil (Red, Band 4) kanallari asosiy o‘rin tutadi:Abstract
Ozuqa ekinlari (beda, makkajo‘xori) maydonlarini o‘z vaqtida va aniq
monitoring qilish chorvachilik tarmog‘ining barqaror ozuqa bazasini ta’minlashning
asosiy sharti hisoblanadi. Zamonaviy sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan olinadigan NDVI
(Normalized Difference Vegetation Index) ko‘rsatkichi bu jarayonni tezkor, obyektiv
va keng hududiy qamrovda amalga oshirish imkonini beradi. Mazkur tezisning
maqsadi - Jizzax viloyati Zarbdor tumani misolida beda va makkajo‘xori uchun NDVI
ning nazariy asoslarini yoritish hamda ularni real monitoring natijalari bilan
solishtirishdan iborat.
References
1. Abdullayeva M.T. Qishloq xo‘jalik ekinlari monitoringini tashkil etish:
Monografiya. - Toshkent: “Publishing High Future”, 2024. - 129 b.
2. European Space Agency. Copernicus Sentinel-2 mission guide, 2024.
3. USGS EarthExplorer va Copernicus Browser platformalari texnik hujjatlari.
4. Mahmadaliyev N.M. (2025). Gat va masofadan zondlash texnologiyalarini
ozuqa ekinlari monitoringida tutgan o‘rni . Tadqiqotlar, 76(6), 357-359.