UZUN RELSLARNI QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Keywords:
uzun relslar, bo‘g‘insiz yo‘l, iqtisodiy samaradorlik, transport logistikasi, kapital qo‘yilmalar, ekspluatatsiya xarajatlari, harakat xavfsizligi, energiya tejamkorligi, infratuzilma.Abstract
Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish sharoitida
barqaror va mustahkam zanjirli (uzun yoki bo‘g‘insiz) relslarni qo‘llashning iqtisodiy
va texnik-ekspluatatsion samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi
an’anaviy qisqa relslardan uzun relsli yo‘llarga o‘tishning iqtisodiy rentabelligini
asoslash hamda transport logistikasidagi afzalliklarini ochib berishdan iborat bo‘lib
tizimli tahlil va qiyosiy iqtisodiy baholash uslublaridan foydalanilgan va natijalar
shuni ko‘rsatadiki, uzun relslarni joriy etish yo‘lni joriy ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish
xarajatlarini kamaytirish, poyezdlar harakat tezligini oshirish, energiya hamda yoqilg‘i
sarfini tejash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada dastlabki yuqori kapital
sarmoyalarning uzoq muddatli istiqbolda o‘zini oqlash muddatlari va respublika tranzit
salohiyatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.
References
1. Qobulov, J. R., & Baratov, A. A. (2021). Temir yo‘l yuqori qurilishi va
infratuzilmasini modernizatsiya qilish asoslari. Toshkent: “Transport” nashriyoti.
2. Amirov, S. F., & Boltayev, Sh. M. (2023). Bo‘g‘insiz yo‘llarda poyezdlar
harakatlanishining energiya samaradorligini baholash. O‘zbekiston Transport va
Logistika Jurnali, 4(2), 15–23.
3. Ma’rupov, A. M. (2022). Temir yo‘l transporti iqtisodiyoti va logistik
menedjment. Toshkent: “Iqtisod-Moliya”.
4. Коган, А. Я. (2019). Бесстыковой путь: проектирование, расчеты и
содержание. Москва: Транспорт.
5. Lichtberger, B. (2011). Track Compendium: Formation, Permanent Way,
Maintenance, Economics. Eurailpress.