SMART DEFEKTOLOGIYA: IMPLANTLI BOLALAR REABILITATSIYASIDA OʻYIN TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
smart defektologiya, koxlear implant, o‘yin texnologiyalari, gamifikatsiya, raqamli reabilitatsiya, interaktiv ta’lim, eshituv reabilitatsiyasi, nutqAbstract
Mazkur maqolada smart defektologiya konsepsiyasi asosida
koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasida o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning
pedagogik va psixologik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli
texnologiyalar va interaktiv ta’lim vositalarining rivojlanishi eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish jarayoniga yangi yondashuvlarni tatbiq etish
imkonini bermoqda. Ayniqsa, o‘yin texnologiyalari bolaning motivatsiyasi, kognitiv
faolligi, eshituv idroki, nutqiy rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini qo‘llab
quvvatlashda samarali vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda smart
defektologiyaning mazmun-mohiyati, o‘yin texnologiyalarining reabilitatsion
imkoniyatlari hamda implantli bolalar rivojlanishiga ta’siri nazariy va empirik jihatdan
o‘rganildi. Ilmiy manbalarni tahlil qilish, pedagogik kuzatish, diagnostika,
eksperimental tadqiqot va ekspert baholash metodlari asosida olingan natijalar o‘yin
texnologiyalariga asoslangan reabilitatsion dasturlar eshituv-nutq ko‘nikmalarini
rivojlantirish, kommunikativ faollikni oshirish va korreksion mashg‘ulotlar
samaradorligini kuchaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari smart
defektologiya tamoyillari asosida implantli bolalar uchun innovatsion reabilitatsiya
modelini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ilmiy-metodik asos bo‘lib
xizmat qiladi.
References
1. Connolly T.M., Boyle E.A., MacArthur E., Hainey T., Boyle J.M. A
Systematic Literature Review of Empirical Evidence on Computer Games and Serious
Games. Computers & Education, 2012, Vol. 59(2), pp. 661–686.
2. Elkonin D.B. Psixologiya igri. – Moskva: Vlados, 2019.
3. Gee J.P. What Video Games Have to Teach Us About Learning and Literacy.
2nd Edition. – New York: Palgrave Macmillan, 2007.
4. Hamari J., Koivisto J., Sarsa H. Does Gamification Work? A Literature
Review of Empirical Studies on Gamification. Proceedings of the 47th Hawaii
International Conference on System Sciences, 2014, pp. 3025–3034.