TRAGOPOGON MALIKUS TURKUM VAKILLARINING SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI VA ZARAFSHОN MILLIY TABIAT BOG‘I SHAROITIDA О`SUVCHI TURLARNING EKOANATOMIK TUZILISH XUSUSIYATLARI

Authors

  • Suyunоva Sanоbar Shuxrat qizi Author

Keywords:

Tragopogon malikus, Asteraceae, ekoanatomiya, Samarqand davlat universiteti Milliy bog‘i, barg anatomiyasi, poya tuzilishi, ekologik moslanish, shahar florasi.

Abstract

Ushbu maqolada Samarqand davlat universiteti Milliy bog‘i va zarafshоn milliy 
tabiat  bog‘i sharoitida uchraydigan Tragopogon malikus Nikitin turining ekologik va 
anatomik tuzilish xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida turning yashash muhiti, 
morfologik belgilari, barg va poya tuzilishidagi moslanish xususiyatlari, namlik, 
yorug‘lik, tuproq zichligi hamda antropogen ta’sir omillariga nisbatan reaksiyasi tahlil 
qilindi. Tragopogon malikus vakillarida qurg‘oqchil va nisbatan ochiq maydon 
sharoitiga moslashgan belgilar, jumladan yaxshi rivojlangan o‘q ildiz tizimi, ensiz barg 
plastinkasi, qalinlashgan epidermis, mexanik to‘qimalarning nisbatan yaxshi taraqqiy 
etganligi va sut naylarining mavjudligi kuzatiladi.       
Tadqiqot natijalari mazkur 
turning shahar bog‘i ekotizimidagi moslanish imkoniyatlarini baholash, mahalliy 
florani o‘rganish hamda bioekologik monitoring ishlarini tashkil etishda muhim 
ahamiyatga 
ega. 

References

Samarqand davlat universiteti Milliy bog‘i sharoitida uchraydigan Tragopogon

malikus S.A.Nikitin turi ekologik jihatdan nisbatan chidamli o‘t o‘simliklardan biri

hisoblanadi. Turning morfologik va anatomik tuzilishida qurg‘oqchilik, kuchli

yorug‘lik, tuproq namligining mavsumiy o‘zgarishi hamda antropogen ta’sirga

moslanish belgilari kuzatiladi. Barglarning ensizligi, epidermis va kutikula qavatining

himoya vazifasi, o‘tkazuvchi bog‘lamlarning yaxshi rivojlanganligi, poyadagi

mexanik to‘qimalar hamda sut naylarining mavjudligi turning ekoanatomik moslanish

xususiyatlarini belgilaydi. Ushbu belgilar Tragopogon malikus turining shahar bog‘i

ekotizimida yashab qolish va rivojlanish imkoniyatini oshiradi. Mazkur tadqiqot

natijalari Samarqand davlat universiteti Milliy bog‘i florasini o‘rganish, mahalliy

o‘simlik turlarining ekologik-anatomik xususiyatlarini baholash va yashil hududlarda

bioindikator

turlarni

aniqlashda

foydalanilishi

mumkin.

Published

2026-06-23

How to Cite

TRAGOPOGON MALIKUS TURKUM VAKILLARINING SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI VA ZARAFSHОN MILLIY TABIAT BOG‘I SHAROITIDA О`SUVCHI TURLARNING EKOANATOMIK TUZILISH XUSUSIYATLARI. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 96(1), 82-86. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/2993