SAQLASH DAVRIDA ANOR MEVALARIDAN AJRATILGAN ASPERGILLUS FLAVUS VA ASPERGILLUS NIGER ZAMBURUG‘LARINING FITOPATOLOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
anor, saqlash kasalliklari, Aspergillus flavus, Aspergillus niger, sof kultura, zamburug‘, fitopatogen.Abstract
Anor (Punica granatum L.) mevalarini saqlash davrida biologik va
mikrobiologik omillar ta’sirida sifat ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatiladi. Ayniqsa,
zamburug‘ kasalliklari saqlash davrida mahsulot yo‘qotilishining asosiy sabablaridan
biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishida eksportbop anor mevalarini saqlash
jarayonida uchraydigan zamburug‘ kasalliklari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida
kasallangan mevalardan fitopatogen zamburug‘larni ajratib olish uchun nam kamera
usuli qo‘llanildi, ajratilgan zamburug‘lar kartoshka-agarli oziqa muhitida o‘stirilib, sof
kulturasi olindi. Morfologik belgilar asosida ajratilgan zamburug‘lar Aspergillus
flavus va Aspergillus niger turlariga mansubligi aniqlandi. Saqlash davri davomida
kasalliklarning rivojlanishi kuzatilib, saqlash muddati uzayishi bilan zararlanish
holatlari ortishi qayd etildi.
References
1.
2.
Plant Pathology (George N. Agrios)
Fungi and Food Spoilage (Pitt & Hocking)