INTENSIV BOG‘ SHAROITIDA YETISHTIRILGAN OLMA NAVLARIDA FENOLOGIK FAZALARNING KECHISHI VA NAVLARARO FARQLARNI BAHOLASH

Authors

  • Voxidov S.T Author
  • Abdurasulova M.A Author

Keywords:

: intensiv bog‘, olma navlari, fenologik fazalar, kurtak bo‘rtishi, gullash, meva pishishi, vegetatsiya davri, hosildorlik.

Abstract

Ushbu maqolada intensiv bog‘ sharoitida yetishtirilgan olma 
navlarida fenologik fazalarning o‘tish muddatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida 
olma navlarining kurtak bo‘rtishi, barg yozilishi, gullash, meva tugishi, mevalarning 
pishishi hamda vegetatsiya davrining davomiyligi bo‘yicha kuzatuvlar olib borilgan. 
Olingan natijalar asosida navlar o‘rtasida fenologik rivojlanish muddatlari bo‘yicha 
farqlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, intensiv bog‘ sharoitida navlarning erta 
yoki kech gullashi, meva pishish muddati va vegetatsiya davomiyligi hosildorlik hamda 
mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri ekanligi qayd etildi. Tadqiqot 
natijalari intensiv olma bog‘larida istiqbolli navlarni tanlash va parvarishlash 
tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 

References

Umuman olganda, kuzgi olma navlari orasida Kubanskoye bagrennoye navi

meva og‘irligi, balandligi va aylanasi bo‘yicha nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega

bo‘ldi. Liberti zimniy navida esa qand moddasi biroz yuqori bo‘lib, kislotalilik

darajasi ham ko‘proq qayd etildi. Har ikki navda quruq modda miqdori 21,0% ni

tashkil etgani ularning kimyoviy tarkibi barqaror ekanligini ko‘rsatadi.

Published

2026-06-19

How to Cite

INTENSIV BOG‘ SHAROITIDA YETISHTIRILGAN OLMA NAVLARIDA FENOLOGIK FAZALARNING KECHISHI VA NAVLARARO FARQLARNI BAHOLASH . (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 95(5), 337-342. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/2736