ARAB VA XITOY MANBALARIDA QARLUQLAR: SOLISHTIRMA TAHLIL
Keywords:
qarluqlar, arab manbalari, xitoy solnomalari, turkiy qabilalar, Markaziy Osiyo, etnogenez, siyosiy tarix, o‘rta asrlar, manbashunoslik.Abstract
Mazkur maqolada qarluqlar haqidagi ma’lumotlar arab va xitoy
yozma manbalari asosida qiyosiy-tarixiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda qarluqlarning
etnik kelib chiqishi, siyosiy tashkiloti, hududiy joylashuvi, xo‘jalik faoliyati hamda
qo‘shni davlatlar bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlar ikki sivilizatsiya tarixiy
manbalari asosida o‘rganiladi. Xitoy solnomalari qarluqlarning dastlabki siyosiy tarixi
va harbiy faoliyatini yoritib bersa, arab mualliflari ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti,
savdo aloqalari, diniy jarayonlari hamda shahar madaniyati bilan bog‘liq jihatlarni
tasvirlaydi. Manbalarni solishtirish orqali qarluqlar tarixining turli davrlari o‘zaro
to‘ldiruvchi xarakterga ega ekani aniqlanadi. Tadqiqot natijalari turkiy xalqlar tarixini
o‘rganishda yozma manbalarni kompleks tahlil qilish zarurligini ko‘rsatadi.
References
1. Barthold V.V. Turkestan v epokhu mongolskogo nashestviya. Moskva, 1963.
2. Sinor D. The Cambridge History of Early Inner Asia. Cambridge, 1990.
3. Golden P.B. An Introduction to the History of the Turkic Peoples. Wiesbaden,
1992.