QISQA SO‘Z, KATTA MA'NO: MAQOLLARNING TARBIYAVIY KUCHI

Authors

  • Xaydarova Xurshidaxon Shukurjonovna Author

Keywords:

xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek xalq maqollari, tarbiyaviy kuch, qisqa so‘z, katta ma’no, ma’naviy-axloqiy tarbiya, xalq pedagogikasi, nutq madaniyati, falsafiy mushohada.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng ixcham va falsafiy chuqur 
janrlaridan biri bo‘lgan maqollarning yosh avlod ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi o‘rni 
tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi maqollarning lisoniy tabiati, ularda qisqalik 
va serma’nolik prinsiplarining namoyon bo‘lishi hamda ularning ta’lim-tarbiya 
jarayonidagi amaliy kuchini ochib berishdan iborat. Tadqiqot davomida o‘zbek xalq 
maqollarining shaxsni kamolga yetkazish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do‘stlik va 
til odobi kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi funksional vazifalari tahlil qilinadi. 
Shuningdek, xalq donishmandligi namunalarining zamonaviy pedagogika va nutq 
madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyati ilmiy asoslanadi.

References

1.

Mirzayev T., Musaqulov A., Sarimsoqov B. O‘zbek xalq maqollari.

Toshkent, Sharq, 2005.

Published

2026-06-18

How to Cite

QISQA SO‘Z, KATTA MA’NO: MAQOLLARNING TARBIYAVIY KUCHI. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 95(5), 27-32. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/2676