O‘ZBEK INTERNET MAKONIDA AJNABIY SO‘ZLARNING QO‘LLANISHI: LISONIY XUSUSIYATLARI VA TIL MADANIYATIGA TA’SIRI
Keywords:
internet diskursi, ajnabiy so‘zlar, o‘zlashma leksika, anglisizm, til madaniyati, internet tili, raqamli kommunikatsiya, neologizm.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek internet makonida faol qo‘llanayotgan
ajnabiy so‘zlarning lisoniy xususiyatlari, ularning o‘zbek tili leksik tizimiga kirib
borish mexanizmlari hamda til madaniyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va globallashuv
jarayonlari natijasida o‘zbek internet diskursida ingliz, rus va boshqa tillardan kirib
kelayotgan leksik birliklarning soni ortib bormoqda. Tadqiqotda internet nashrlari,
ijtimoiy tarmoqlar va elektron kommunikatsiya vositalarida uchraydigan ajnabiy
so‘zlarning semantik, morfologik va funksional xususiyatlari o‘rganildi. Tahlillar
natijasida ajnabiy leksika internet kommunikatsiyasining samaradorligini oshirishi
bilan birga, ayrim hollarda adabiy til me’yorlari va til madaniyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek tilining rivojlanish
tendensiyalarini aniqlash va internet muhitida til madaniyatini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
References
1.
2001.
2.
Crystal D. Language and the Internet. Cambridge University Press;
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” Yormat Tojiyev, Hakimjon
Shamsiddinov, Ravshanxo‘ja Rasulov. Toshkent 2005.
3.
“Hozirgi o‘zbek tili” H.Shamsiddinov, R.Yunusov Toshkent 2009.
4.
“Kognitiv lingvistikada metafora va buddizm”. Haydarova
Umidaxon. UzACADEMIA Ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN(E) – 2181 – 1334.
VOL1, ISSUE 3, September 2020. 44-bet.
5.
https://ktonanovenkogo.ru/voprosy-i-otvety/metafora-chto-ehto
takoeprimery.htm