BENZIN FRAKSIYALARINI GIDROTOZALASH VA IZOMERLASH JARAYONLARI UCHUN NANOGʻOVAKLI (PD/AL2O3) KATALIZATORLARI SINTEZI VA ULARNING TEKSTURAVIY XOSSALARI
Keywords:
chiqindi adsorbent, alyuminiy oksidi, termik regeneratsiya, palladiyli katalizator, shimdirish, mezog‘ovak tuzilish, SEM, BET nazariyasi, benzin izomerizatsiyasi, oktan soni.Abstract
Ushbu maqolada Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (BNQIZ)
MChJ benzin fraksiyasini riforming qilish texnologik tizimining ishlangan chiqindi
adsorbenti — alyuminiy oksidi (Al2O3) asosida yangi nanog‘ovakli (Pd/Al2O3)
bifunksional katalizatorlarini sintez qilish jarayoni va ularning teksturaviy xossalari
tadqiq etilgan. Chiqindi tashuvchi havo kislorodisiz, (6000C) haroratda 360 daqiqa
davomida muvaffaqiyatli termik regeneratsiya qilindi va uning kislotalilik darajasini
oshirish maqsadida vodorod xlorid (HCl) bilan modifikatsiyalandi. Aktiv komponent
palladiy miqdori 0,1 dan 0,5% gacha bo‘lgan katalizatorlar seriyasi shimdirish
(propitka) usulida olindi. Sintez qilingan namunalarning teksturaviy va morfologik
xossalari SEM, TEM tahlillari va past haroratli nitrogen (N2) adsorbsiyasi (BET
nazariyasi) yordamida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, faol metallar diametri
600 µm bo‘lgan alyuminiy mikrosferalari radial yuzasida yuqori disperslikda va tekis
taqsimlangan bo‘lib, (P/P0 = 0,4 - 0,8) intervallarida kubiksimon va kataksimon
mezog‘ovak tuzilmalar (g‘ovak o‘lchami 0,4–500 nm) shakllangan. (Al2O3-Cl/Pd-4)
namunasida maksimal solishtirma sirt yuzasi (99 m2/g) va (0,525 sm3/g) makrog‘ovak
hajmi qayd etildi. Yengil benzin fraksiyasini (b.q.h. – 70 °C) gidroizomerizatsiyalash
reaksiyalari uchun optimal sharoit harorat 140 °C va bosim 3 MPa ekanligi aniqlanib,
bu sharoitda parafin zanjirlarining destruktiv kreking reaksiyalarisiz yuqori
selektivlikda tarmoqlanishi isbotlandi.
References
1. Asadova D.F., Ismoilov J.Physical and chemical properties of pyrolysis distillate.Best journal of innovation in science, research and development ISSN: 2835-3579
Volume:02 Issue: 12|2023 Page 234-238
2. Asadova D.F., Ismoilov J.Analysis of Catalysts for Hydropuring Pyrolysis
Distillates and Studying the Possibilities of Their Extraction. AMERICAN Journal of
Engineering, Mechanics and Architecture Volume 01, Issue 10, 2023 ISSN (E): 2993
2637 Page 288-291
3.
Asadova D.F.,Jangabayev A.B. Catalysts used in the hydrogenation
process.International
journal
of
scientific
researchers.Volume:1Issue:1
2023.Intelligence:Page 115-117 5 oktober 2023М.Ж.Махмудов., У.К.Ахмедов.,
М.Т.Каршиев. Исследование процесса изомеризации и гидроизомеризции
бензолсодержащей фракции бензина с использованием катализатора ALNIW-CL
/ Международный научный журнал «Universum: технические науки» Москва
2022, - С. 65-67.
4.
М.Ж.Махмудов.,
М.Т.Қаршиев.
Бензин
фракцияларининг
изомеризацияланиш реакцияларини механизми ва термодинамикаси / Научно
методический журнал Серия: Естественно-технические науки. Социальные и
экономические науки. Филологические науки Нукус 2022 год, -№ 2. – С. 25-27.
5.
М.Ж.Махмудов., У.К.Ахмедов., М.Т.Каршиев. Исследование процесса
изомеризации бензолсодержащей фракции бензина с использованием
катализатора ALNIWCU-CL / Международный научный журнал «Universum:
технические науки» Москва -2022, – С. 41-43.