OG‘IR VAKUUM GAZOYLNI GIDROTOZALASHDA AROMATIK BIRIKMALARNING GIDROGENLANISH KINETIKASI

Authors

  • Yusupova Go’zal Xusan qizi Author
  • Sultonqulova Ra’no Sirojiddin qizi Author

Keywords:

vakuum gazoyli, gidrotozalash, Al-Co-Mo katalizatori, Al-Ni-Mo katalizatori, Konradson gidrooltingugurtsizlantirish.

Abstract

Ushbu maqolada og‘ir vakuum gazoylini (VGO) Al-Co-Mo va Al-Ni
Mo katalizatorlari ishtirokida gidrotozalash jarayonining fizik-kimyoviy qonuniyatlariva katalitik ko‘rsatkichlari tadqiq etilgan. Tajribalar davomida xomashyo tarkibidagi 
geteroatomli (oltingugurt, azot) birikmalar, og‘ir metallar (Ni, V) va koks qoldig‘ining 
jarayon samaradorligiga hamda katalizator faolligiga ta'siri tizimli tahlil qilindi. 
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, optimal texnologik parametrlarda (harorat 340
380 °C, bosim 3.5–5.0 MPa, vodorod sarfi 400–600 \(m^3/m^3\)) vakuum gazoyli 
tarkibidagi oltingugurt miqdori boshlang‘ich 2,7% dan 0,10–0,20% gacha kamayib, 
gidrooltingugurtsizlantirish samaradorligi 98,5–99,8% ni tashkil etdi. Jarayon 
yakunida xomashyoning zichligi va Konradson bo‘yicha kokslanish ko‘rsatkichlari 
sezilarli darajada pasayishi, og‘ir metallarning esa 60–70% qismi tizimdan ajratilishi 
aniqlandi. Shuningdek, politsiklik aromatik uglevodorodlarning gidrogenlanishi 
hisobiga monoaromatik birikmalar miqdori 10–18% oralig‘ida ortishi kuzatildi. 
Olingan natijalar sintez qilingan katalizatorlarning xizmat muddati 11000–12000 soat 
atrofida ekanligini ko‘rsatib, Euro V-VI ekologik standartlariga mos keluvchi katalitik 
kreking xomashyosini olish imkonini beradi. 

References

1. Ахметов С А. Технология глубокой переработки нефти и газа: Учебное

пособие для вузов. — Уфа: Гилем, 2002. — 672 С.

2. Баннов П. Г. Процессы переработки нефти: В 3 т. — М.: Изд-во

ЦИНТИхимнефтьемаш, 2000—2003. — Ч. I, 2000. — 224 С; Ч. II, 2002.

— 551 С; Ч. III, 2003. — 504 С.

3. Бекиров Т. М. Первичная переработка природных газов.— М.: Химия,

1987.— 256 С.

4. Самиев А.А., Фозилов С.Ф., Фозилов Ҳ.С., Первова. Нефт ва нефт

маҳсулотлари учун госсипол ва этилен винилацетат сополимери

асосида депрессор композицияли присадкалар. Development of science

ilmiy jurnal. Volume 1,(2), 2.24/6, Dekabr. 302-308. b.

5. Самиев А.А., Фозилов С.Ф., Фозилов Ҳ.С. Пахта гудрони ва

соапстоклар ёрдамида юқори парафинлар учун композит депрессор

присадкаларни олиш. Development of science ilmiy jurnal. Volume 1,(2),

2.24/6, Dekabr. 313-318. b IYUN 2025/6 Develo

6. Komilov M. Z. & G'aybullayev S. A. (2024). BENZIN SIFATINING

TASHLAMA GAZLAR TARKIBIGA TA’SIRI. Development Of Science,

6(1), pp. 133-141

7. I.A.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni

bartaraf etishning yo‘llari va choralari.//T.: O‘zbekiston.

8. Bannov P.G. Protsessы pererabotki nefti. Izdat. Moskva-2000 Str.116.

9. Reglamentы ustanovok kataliticheskogo riforminga. L-35-11/300, Lch-35-

11/600.

Published

2026-06-13

How to Cite

OG‘IR VAKUUM GAZOYLNI GIDROTOZALASHDA AROMATIK BIRIKMALARNING GIDROGENLANISH KINETIKASI. (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 95(1), 523-531. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/2255