RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA FRILANSLIK BOZORI VA UNING YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI
Keywords:
Maqolada O‘zbekiston sharoitida frilanserlarning o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish mexanizmlari, soliq imtiyozlari, ixtiyoriy ijtimoiy to‘lovlar orqali mehnat stajini shakllantirish imkoniyatlari hamda davlat tomonidan yaratilgan institutsional qo‘llab-quvvatlash tizimi tahlil qilingan. Bundan tashqari, frilanslikning intellektual xizmatlar eksporti sifatidagi iqtisodiy ahamiyati alohida yoritilgan bo‘lib, u an’anaviy mehnat migratsiyasiga nisbatan nisbatan yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishi asoslangan.Abstract
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida frilanslik (mustaqil bandlik)
bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda uning yoshlar bandligini ta’minlashdagi
roli tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamlashtirish jarayonlari natijasida mehnat bozori
transformatsiyasi, masofaviy bandlik shakllarining kengayishi va frilanslikning
zamonaviy mehnat modeli sifatida shakllanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Shuningdek, global frilans platformalari va ularning mehnat bozoriga ta’siri, xususan
yoshlar uchun yaratilayotgan yangi daromad manbalari hamda xalqaro mehnat
migratsiyasiga alternativ sifatidagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan.
References
O‘zbekistonda Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "„Raqamli
O‘zbekiston — 2030“ strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora
tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6079-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi "O‘zini
o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlarining ro‘yxatini
kengaytirish to‘g‘risida"gi 806-sonli Qarori.
Abduvaliev, A. A. (2024). Raqamli iqtisodiyot va mehnat bozori transformatsiyasi.
Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
Xusanov, Q. X. (2025). Yoshlar bandligini ta’minlashda raqamli platformalar va gij
iqtisodiyotining (Gig economy) roli. O‘zbekiston iqtisodiyoti axborotnomasi, 3(2), 45
52.
Manyika, J., Lund, S., Bughin, J., Robinson, K., Mischke, J., & Mahajan, D. (2021).
Independent work: Choice, necessity, and the gig economy. McKinsey Global Institute
Research Report.
Kässi, O., & Lehdonvirta, V. (2023). Online labour index: Measuring the online gig
economy for policy and research. Technological Forecasting and Social Change, 137,
241-248.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy
sayti ma’lumotlari (www.mehnat.uz).
O‘zbekiston Respublikasi IT Park rasmiy portali hisobotlari — Tashqi iqtisodiy
faoliyat va eksport dinamikasi (www.it-park.uz).
World Bank. (2025). Uzbekistan Digital Economy Assessment. Washington, DC:
World Bank Group.