YANGI KONSTITUTSIYADA O‘ZBEKISTON DEMOKRATIK, HUQUQIY, IJTIMOIY VA DUNYOVIY DAVLAT
Keywords:
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari to‘liq ifoda etiladi. Mustaqillik yillarida Konstitutsiya asosida inson qadri ulug‘lanadigan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish maqsadida keng qamrovli yangilanishlar va islohotlar amalga oshirildi, bu borada boy tajriba to‘plandi.Abstract
O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr - qimmati,
huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat kasb etishini
qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini
hamda bugungi islohotlarning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan
yondashuvni yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur
singdirishni taqozo qildi.
References
huquqlari va nima sababdan ushlangani tushuntirilishi, shaxsga o‘z huquqlari va
advokat olish huquqi tushuntirilishi kerakligi bevosita Bosh qomusimizda belgilandi.
Jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga o‘zini oqlash yoki isbotlash uchun barcha
qonuniy imkoniyatlarni berilishi, mulkdor o‘z mulkidan qonunga muvofiq
foydalanish, uni tasarruf etish huquqiga egaligi, mulkni olib qo‘yish faqat qonunda
belgilangan hollarda va oldindan hamda to‘la qiymatda kompensatsiya (haq) to‘langan
taqdirdagina amalga oshirilishi aniq belgilab berildi. Davlat organlari bilan bog‘liq
munosabatlarda qonunchilikdagi barcha noaniqliklar fuqaro foydasiga talqin qilinishi,
xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy
qadriyatlar va tamoyillar qat’iy belgilab berilgan.