“LISON UT-TAYR”DA INKOR POETIKASI MASALASI
Keywords:
Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr”, inkor poetikasi, fano, baqo, tasavvuf, ishq, nafs, Semurg’, si murgh, paradoks, zuhd, Shayx San’on, yetti vodi.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” (“Qush tili”)
dostonida inkor poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil
qilinadi. Inkor poetikasi tushunchasining mohiyati ochib berilib, uning grammatik,
konseptual va falsafiy darajalari farqlanadi. Dostonning bosh falsafiy g‘oyasi –
tasavvufiy “fano” (yo‘qlik) va “baqo” (abadiy borliq) dialektikasi – inkor shakllari
orqali ifodalanishi asoslanadi. Shayx San’on qissasi, yettita vodiydan o‘tish syujeti va
dostonning yakuniy paradoksi (“hech narsa topolmaslik – hamma narsani topish”)
misolida inkor poetikasining ontologik, diniy-rasmiy, axloqiy-psixologik va ramziy
aspektlari ochib beriladi. Navoiy inkorni nafaqat stilistik vosita, balki butun badiiy
falsafiy tizimning asosiy qurilish prinsipiga aylantirganligi ko‘rsatiladi.
References
1.
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 1-jild. – Toshkent:
Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 400 b. 2.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 11-jild: Lison ut
tayr. – Toshkent: Fan, 1991. – 176 b.
3.
Attor F. Ilohiynoma / Nasriy tarjima, talqin, tafsir. – Toshkent: Yozuvchi,
1994. – 240 b.
4.
Jomiy A. Layli va Majnun. Salomon va Absol / O. Bo‘riyev tarjimasi. –
Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. – 256 b.
5.
Komilov N. Tasavvuf. Birinchi kitob. – Toshkent: Adabiyot va san’at,
1996. – 208 b.
6.
Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi
nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. – 176 b.
7.
Qayumov A. Nazm va tafakkur quyoshi. – Toshkent: Fan, 1992. – 232 b.
8.
Hayitmetov A. Navoiy lirikasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. – 160 b.