BOLALARDA GEMORRAGIK VASKULITDA ENDOTELIN-1 NING DIAGNOSTIK VA PROGNOSTIK AHAMIYATI

Authors

  • Nabiyeva Farangiz Sadriddinovna Author
  • Supxonova Shahlo Olimjonovna Author

Keywords:

Qon plazmasida endotelin-1 darajasi EH0648 Human EDN1 (Germaniya) diagnostik to‘plami yordamida immunoferment tahlilida baholandi. Statistik tahlil SPSS 26.0 dasturi yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gemorragik vaskulit bilan kasallangan bolalarda endotelin-1 darajasi nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqori ekani aniqlandi. Bemorlar guruhida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 8,6±0,5 pg/ml ni tashkil etib, sog‘lom bolalar guruhidagi 2,7±0,2 pg/ml ko‘rsatkichga nisbatan 2,7 marta oshgani qayd etildi (p<0,05). Klinik shakllar kesimida tahlil qilinganda, abdominal shaklda endotelin-1 darajasi 9,8±0,6 pg/ml ni tashkil etib, boshqa shakllarga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (p<0,03). Buyrak sindromi bilan kechuvchi bemorlarda esa ushbu ko‘rsatkich 10,2±0,7 pg/ml bo‘lib, nazorat guruhiga nisbatan 3,2 marta yuqori ekani aniqlandi (p<0,01).

Abstract

Bolalarda gemorragik vaskulitning faolligi va og‘irligini 
baholashda   
endotelin-1 (EDN1) biomarkerining diagnostik  va prognostik 
ahamiyatini baholash.Gemorragik vaskulit bilan og‘rigan bolalarda o‘tkazilgan laborator 
tekshiruvlar natijasida yallig‘lanish faolligi hamda endotelial disfunktsiya belgilari 
aniqlandi. Bemorlar guruhida umumiy qon tahlilida quyidagi o’zgarishlar aniqlandi: 
leykotsitlar miqdori o‘rtacha 12,1±0,8×10⁹/l ni tashkil etdi, ECHT o‘rtacha 27,4±2,1 
mm/soatni tashkil etildi. Trombotsitlar soni o‘rtacha 382±14×10⁹/l ekanligi kuzatildi, 
me’yorning yuqori chegarasiga yaqinlashgani qayd etildi. Koagulogramma 
natijalariga ko‘ra, PT va APTT ko‘rsatkichlari asosan me’yor doirasida saqlangan 
bo‘lsa, fibrinogen miqdori o‘rtacha 5,1±0,4 g/l ni, D-dimer darajasi esa 0,8±0,1 µg/ml 

References

1. Астафьева Е. В., Пшеничная Е. В. Особенности мочевого синдрома у

детей с IgA-васкулитом //Нефрология и диализ. – 2025. – Т. 27. – №. 4. – С. 444

445.

2. Бурляй Д. А. и др. Клинический случай геморрагического васкулита с

нетипичным началом заболевания //Педиатрическая фармакология. – 2025. – Т.

22. – №. 2. – С. 194-197.

3. Ибатуллина А. И. Геморрагический васкулит у девочки 5 лет на фоне

опоясывающего лишая //Российский педиатрический журнал. – 2024. – Т. 27. –

№. S2. – С. 28-28.

4. Егорова Н. Ю. и др. Множественные осложнения раневой инфекции

смешанной этиологии: клинический случай //Детские инфекции. – 2024. – Т. 23. – №. 1. – С. 49-54.

5. Низомутдинов А. М. Клинико-иммунологическое особенности течения

геморрагического васкулита у детей //Confrencea. – 2025. – Т. 11. – №. 11. – С.

218-219.

Published

2026-05-24

How to Cite

BOLALARDA GEMORRAGIK VASKULITDA ENDOTELIN-1 NING DIAGNOSTIK VA PROGNOSTIK AHAMIYATI . (2026). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 94(2), 11-13. https://alpharesearchs.com/index.php/obr/article/view/1011